Samarqandda oilaviy janjalda kelin qaynonasining boshiga g‘isht bilan urib o‘ldirdi
Urgutda oilada kelin va qaynonaning o‘zaro kelishmovchiligi ortidan kelib chiqqan janjal qotillikka sabab bo‘lgan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 19 oktyabr kuni 102 orqali viloyat IIBga Urgut tumani Chag‘izmon mahallasida qotillik sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan.
IIB xodimlari voqea joyiga borib dastlabki surishtiruv o‘tkazishganida o‘zaro kelishmovchilik tufayli yuzaga kelgan janjal ortidan kelin o‘z qaynonasini o‘ldirib qo‘ygani aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, kelin M.Q. yashash xonadonida o‘zaro og‘zaki janjallashib, qaynonasi M.S.ning bosh qismiga g‘isht bo‘lagi bilan urgan. Oqibatda og‘ir tan jarohati olgan ayol vafot etgan.
2022 yil 17 noyabr kuni Samarqand viloyati IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov rahbarligida Chag‘izmon mahallasida tuman sektor rahbarlari, mahalla, keng jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan.
Yig‘ilishda mudhish hodisa sodir bo‘lgan xonadon mahalla mutasaddilari tomonidan atroflicha o‘rganilmagani tanqid qilinib, bu kabi salbiy holatlarning oldini olishda muntazam har bir oila bilan ishlash, ulardagi ma’naviy muhitni e’tibordan chetda qoldirmaslik zarurligi qayd etilgan.
Avvalroq, Samarqand tumanida yashovchi ayol uch nafar farzandi bilan o‘zini kanalga tashlagan va oqibatda ikki nafar go‘dak halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
21:47
Qotil giyohvand bo‘lgan: 3 yoshli bolani o‘ldirgan erkak ustidan sud boshlandi
18:12 / 09.11.2024
Bir chuqurdagi ikki murda – Payariqdagi qotillik tafsiloti
19:18 / 02.11.2024
Archazordan topilgan odam boshi – Qo‘shtepadagi qotillik tafsiloti
19:02 / 31.10.2024