Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 3 noyabr kuni Samarqand tumani Jarqişloq mahallasida yaşovçi, 1996 yilda tuğilgan Q.A. qaynonasi bilan örtalarida kelib çiqqan oilaviy kelişmovçilik natijasida unga jahl qilib, 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan birga özini Darğom kanaliga taşlagan.
Ular kanalda oqib ketayotganida Samarqand tumani Yangiariq mahallasida joylaşgan oşxonada işlovçi fuqarolar tomonidan suvdan çiqarib olingan.
Hodisa oqibatida ayolning ikki nafar farzandi vafot etgan. Özi va yana bir farzandi tuman markaziy şifoxonasiga olib borilgan. Şifokorlar tomonidan birinçi tibbiy yordam körsatilib, davolaniş uçun şifoxonaning jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Samarqand tuman prokuraturasi tomonidan tergovga-qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.
Qayd etilişiça, mazkur ayançli hodisa viloyat IIB boşliği, polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan keng jamoatçilik vakillari iştirokida muhokama qilingan.
Muhokama davomida mahalla mutasaddilari faoliyati qoniqarsiz deb baholanib, xonadonbay işlaş, nizoli, janjalli xonadonlar, turmuş örtoği xorijda bölgan oilalar bilan muntazam suhbatlar olib boriş, nazoratni yölga qöyiş borasida tuşunçalar berilgan.
Avvalroq, 2021 yilda Samarqand viloyati Kattaqörğon tumanida eri va qaynonasining tazyiqlariga çidolmagan ayol va uning 16 yoşli qizi öz joniga qasd qilgandi. Ayolga faqat qiz farzandlar körgani uçun qaynonasi va eri tomonidan yillar davomida tahqirlangan. Bundan mahalla raisi va boşqa mutasaddilarning xabari bölgan.













