Jahon | 14:04 / 23.11.2022
10649
3 daqiqa o‘qiladi

Moldova Ukrainada qolgan gazni o‘z zaxiralari deb atadi

«Gazprom» Moldovaga yetkazib berilayotgan Rossiya gazining Ukrainada kamayib qolayotgani aniqlanganini ma’lum qildi. Moldova bosh vazirining o‘rinbosari Spinu bunga javoban, bu o‘z mamlakati Ukrainada saqlayotgan Moldova gazi ekanligini tushuntirdi.

Foto: AP

«Gazprom» Moldovaga yetkazib berilayotgan Rossiya gazining Ukrainada kamayib qolayotgani aniqlanganini ma’lum qildi. Moldova bosh vazirining o‘rinbosari Spinu bunga javoban, bu o‘z mamlakati Ukrainada saqlayotgan Moldova gazi ekanligini tushuntirdi.

Ukrainada qolgan Rossiya gazi Moldova zaxirasidir. Bu haqda Moldova bosh vaziri o‘rinbosari, infratuzilma va mintaqaviy rivojlanish vaziri Andrey Spinu ma’lum qildi. «Gazprom» tilga olgan va go‘yo Ukrainada qolayotgan gaz hajmlari bizning Ukrainada saqlayotgan zaxiralarimizdir. Bu hajmlar uchun mamlakatimiz to‘lagan va bundan keyin ham to‘lashi aniq», - deb yozdi Spinu 23 noyabr, chorshanba kuni o‘zining Telegram-kanalida. Uning ta’kidlashicha, Moldovaning gaz zaxiralari allaqachon 200 million kub metrga yetgan.

«Gazprom» kuni kecha «Moldovagaz» kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma asosida Moldova iste’molchilariga yetkazib berish uchun mo‘ljallangan Rossiya gazining Ukrainada qolib ketayotgani aniqlanganini ma’lum qildi. Rossiya konserniga ko‘ra, Ukrainada 52,5 million kub metr gaz to‘plangan. «Gazprom» shuningdek, agar tranzit nomutanosibligi davom etsa, 28 noyabrdan Ukraina orqali tranzit uchun gaz yetkazib berishni qisqartirishni boshlashi bilan ogohlantirdi. «Gazprom» bayonotiga ko‘ra, Yevropada gaz narxi bir necha daqiqada ikki foizga ko‘tarildi. 
 
Spinu «Gazprom»ning da’volarini rad etdi. «Gazprom» yana gaz oqimini to‘xtatish bilan tahdid qilmoqda. U Moldova va Ukrainani aybladi. Ochig‘ini aytaylik, bu ayblovlarning barchasi yolg‘on. Moldova yetkazib berilgan hajm uchun to‘liq to‘layapti, Ukraina esa Moldovaga gaz tranzitini to‘liq ta’minlayapti. «Gazprom» shartnoma majburiyatlarini bajarishi kerak», — deb yozdi u Twitter’da. 

Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan beri Rossiya Yevropaga gaz yetkazib berishni doimiy ravishda kamaytirdi. Sentyabrga kelib, «Shimoliy oqim» gaz quvuri butunlay yopildi. Buning rasmiy sababi - ta’mirlash. Yevropa davlatlari Rossiyani sanksiyalarni bekor qilishga erishish uchun gaz shantajida aybladi. Moskva bu ayblovlarni rad etyapti. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid