Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada Rossiya foydasiga josuslikda ayblangan ikki aka-uka sudga tortildi
Ikki erkak Shvetsiya razvedkasi va xavfsizlik xizmatlariga qarshi faoliyatda ayblanmoqda. Ular 2021 yilda hibsga olingan va o‘zlariga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etyapti.
Shvetsiyada 25 noyabr, juma kuni Rossiya foydasiga josuslikda ayblangan ikki aka-uka sudga tortildi. Prokuratura vakillarining ta’kidlashicha, 42 va 35 yoshli ikki erkak Shvetsiya razvedka va xavfsizlik xizmatlariga qarshi qaratilgan harakatlarda ayblanmoqda. Ular 2021 yilda hibsga olingan va o‘zlariga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etyapti.
Ish materiallariga ko‘ra, aka-uka o‘n yil davomida Rossiya harbiy razvedkasi - «GRU»ga maxfiy ma’lumotlarni uzatgan. Aka-ukalarning kattasiga ham maxfiy ma’lumotlarni ruxsatsiz ishlatish ayblovi qo‘yilgan.
Advokat Anton Strandning aytishicha, uning mijozi hamon ayblovlarni rad etyapti. «U Shvetsiya hukumatida turli lavozimlarda ishlagan va o‘ta og‘ir sharoitda o‘z vazifalarini vijdonan bajarish uchun har doim bor kuchini sarflagan», — dedi Strand. Boshqa erkakning advokatidan izohlar hali olinmagan.
Sud jarayoni asosan yopiq eshiklar ortida o‘tadi. U kamida 12 dekabrgacha davom etadi.
Shu hafta Shvetsiya politsiyasi yana ikki kishini josuslikda gumon qilib qo‘lga oldi. Ulardan biri Shvetsiya va boshqa davlatga qarshi qaratilgan noqonuniy razvedka faoliyatida gumon qilinmoqda. Politsiya hibsga olinganlar qaysi davlat fuqarosi ekanligi va kimga ishlaganiga aniqlik kiritmadi.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi oqibatida xalqaro keskinlik kuchaygan bir paytda o‘nlab yillar davomida betaraf bo‘lib kelgan Shvetsiya tez orada NATOga a’zo bo‘lishga umid qilmoqda.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
10:03 / 13.05.2026