Katta Langar Qur’oni bo‘yicha tadqiqotlar davom etadi - Shoazim Minovarov
Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Shoazim Minovarov Luvr muzeyidagi O‘zbekiston ko‘rgazmasining eng noyob eksponatlaridan biri – Katta Langar Qur’oni haqida gapirib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur mushaf Xalifa Usmon davrida yaratilgan 6 mushafdan biri bo‘lishi mumkin degan taxminlar ham bor.
Parijdagi Luvr muzeyida “O‘zbekiston vohalari mo‘jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazmasi davom etmoqda. Unda O‘zbekiston muzeylaridan olib kelingan eng sara eksponatlar namoyish etilyapti. Ular orasida Katta Langar Qur’oni alohida o‘ringa ega.
Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov ko‘rgazma davomida jurnalistlarga bergan intervyusida Katta Langar Qur’oni haqida ma’lumot berdi.
“O‘zbekistonda 17 ta sahifasi saqlanyapti. O‘z paytida tarixiy shart-sharoit tufayli qo‘lyozmaning bir qismi XIX asr oxirlarida Sankt-Peterburgga ketib qolgan. Buning uzoq tarixi bor. Bizda saqlanayotgan qismi Katta Langar qishlog‘ida edi, 2005 yilda O‘zbekiston musulmonlari idorasiga olib keltirildi. Buning ham sababini bilishi kerak xalqimiz. Boisi, har xil taxminlar yuradi. Bu qo‘lyozma teriga yozilgan, teriga yozilgan har qanday matnlar maxsus usullarda saqlanishi kerak. Chunki teri nafas olib turishi kerak. Shuning uchun ham qo‘lyozma sarkofag, ya’ni mana bunday qutiga solingan. Uning ichida namlik va harorat bor. Agar bu namlik va harorat bo‘lmaydigan bo‘lsa, turgan joyida teri tortilishi va bu bilan yozuv ham, qo‘lyozma ham nobud bo‘lishi mumkin. Shu sababli Katta Langar qishlog‘idan Musulmonlar idorasiga olib kelingan. Idorada ham xuddi shunday sarkofagimiz bor, unda Usmon mushafi va Katta Langar Qur’oni saqlanadi”, – deydi u.
Minovarov uchinchi xalifa Usmon davrida Qur’onning turlicha talqinlari birlashtirilib, yagona mushaf yaratilgani, bu mushaf 6 nusxada bo‘lgani, ulardan 3 nusxasi hozirgacha saqlanib qolgani, shulardan biri Toshkentda saqlanishini aytar ekan, Katta Langar Qur’oni ham ana o‘sha 6 nusxadan biri bo‘lishi mumkinligini qayd etdi. “Shuning uchun Katta Langar Qur’oni ustidagi tadqiqot davom etadi”, – dedi u.
Islom sivilizatsiyasi markazi rahbarining ta’kidlashicha, Katta Langar Qur’oni hijoziy yozuvda yozilgan; Parijdagi milliy kutubxonada ham ayni shu yozuvda yozilgan mushaf bor va u ham VIII-X asrlarga oid deb taxmin qilinadi.
“Markazimizda fransuz do‘stlarimiz bilan hamkorlik qilyapmiz. Bizdagi 17 ta sahifa, Sankt-Peterburg va Fransiyadagi sahifalar agar bir-birini to‘ldirsa, demak bu bitta Qur’on bo‘ladi. Qolaversa, 2003 yilda Birminhemda Qur’onning qadimiy 2 sahifasi topilgan, u hatto VI asrga oid bo‘lishi mumkin degan taxminlar bor. Chunki birinchi xalifa Abu Bakr paytlarida bir nusxa Qur’on kitob qilingan, uning taqdiri noma’lum. Birminhemdan topilgan sahifalar ham Katta Langar Qur’oniga o‘xshash, bu taxminni ham ilmiy nuqtayi nazardan albatta tekshirish kerak”, – dedi Shoazim Minovarov.
Eslatib o‘tamiz, Katta Langar Qur’oni 2019-2021 yillarda fransiyalik mutaxassislar tomonidan restavratsiya qilindi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya bosqinni faollashtirdi, Tramp jamoasida qutblanish – tahlilchilar nima deydi?
Jahon | 23:09
-
AQSh sudi Googleʼni onlayn reklama bozorida monopolist deb topdi
Jahon | 23:07
-
Skandinaviya muzliklari shiddat bilan eriyotgani ma’lum qilindi
Jahon | 22:40
-
17 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:37
Mavzuga oid

11:26 / 03.02.2025
Luvr muzeyida “Mona Liza”ni tomosha qilish uchun alohida chipta sotiladi

21:29 / 22.12.2024
Dunyoga mashhur «Mona Liza»ni kim va qanday o‘marib ketgandi?

20:52 / 28.01.2024
Luvrda radikal ekofaollar «Mona Liza»ga sho‘rva sepishdi

16:39 / 25.11.2022