Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imomali Rahmon: «Sayyoramiz aholisi hayotida insoniyat tarixidagi eng og‘ir davr keldi»
Tojikiston prezidenti hozirgi kunda insoniyat duch kelgan murakkab muammolarni sanab o‘tdi.
Foto: Tojikiston prezidenti axborot xizmati
30 noyabr kuni Dushanbe shahrida Tojikiston Xalq demokratik partiyasi (TXDP) Markaziy Ijroqo‘mi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni ochar ekan, partiya raisi, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bugungi kunda dunyo og‘ir sharoitga tushib qolganini aytdi.
«Dunyoni qayta bo‘lib olish va tabiiy resurslardan foydalanish yo‘lida yirik davlatlar manfaatining to‘qnash kelishi, qurollanish tezligining keskin oshishi, sovuq urush yangi bosqichining boshlanishi, axborot urushlari va kiberjinoyatchilikning kuchayishi, shuningdek, iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlari, ular bilan bog‘liq yuqumli kasalliklarning tarqalishi va boshqa muammolar sayyoramiz aholisi hayotida insoniyat tarixidagi eng og‘ir davr kelishiga sabab bo‘ldi», dedi u.
So‘ngra Tojikiston rahbari partiya faoliyati haqida to‘xtalib, xususan, «XDP Tojikiston siyosiy va jamiyat hayotida samarali rol o‘ynab, siyosiy madaniyatni shakllantirishga munosib hissa qo‘shayotganini» ta’kidladi.
Mavzuga oid
18:41 / 02.04.2026
Tojikiston prezidenti oziq-ovqat narxlari «misli ko‘rilmagan darajada» oshishidan ogohlantirdi
20:14 / 27.03.2026
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroda to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurdi
15:27 / 27.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Buxorodagi tarixiy majmualarni ziyorat qildi
14:10 / 27.03.2026