Özbekistonda quriliş sohasi şiddat bilan rivojlanib bormoqda.
Davlat statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, sönggi 10 yil içida quriliş işlari hajmi 11 barobar köpaygan. 2011 yilda 9,5 trln sömlik quriliş işlari bajarilgan bölsa, 2021 yilda bu körsatkiç 107 trln sömdan oşdi.
Şuningdek, quriliş korxonalari soni ham yildan yilga köpayib bormoqda. 2022 yil 1 yanvar holatiga Özbekistonda 43695 ta quriliş korxonasi faoliyat körsatgan. Bu avvalgi davrga nisbatan 2745 taga köp. 2021 yil davomida 6341 ta quriliş korxonasi yangidan taşkil etilgani e’tiborga loyiq.
Raqamlar hayratga soladi, ammo sifat qanday?
Hozirgi vaqtda köçmas mulk bozoridan uy-joy xarid qilişning bir neça usuli bor. Ular orasida hali qurilişi boşlanmagan yoki tugallanmagan uy-joylar uçun quriliş korxonasi bilan töğridan töğri şartnoma tuziş, bir dona ham ğişti qöyilmagan uy uçun oldindan pul tölaş holatlari ham uçraydi. Aksariyat hollarda bunday bitimlar umuman suğurtalanmayapti. Mijozlar quriliş korxonasi rahbarining «çin söziga» işonib, katta miqdordagi mablağlarni uning qöliga topşirib qöymoqda.
Mijoz uçun katta tavakkalçilik bilan boğliq bölsa-da, bunday şartnomalar xalq orasida ommalaşgan. Afsuski, bu bilan boğliq noxuş hodisalar, ya’ni pullarni maqsadsiz sarflaş, talon-toroj qiliş, quriliş korxonasining bankrotga uçraşi, iste’molçilar esa juda katta mablağlaridan ajralib qolayotgani, bu pullarni qaytariş ham söroq ostida qolayotgani kabi holatlar uçramoqda.
Bir misol keltiramiz. Xorazm viloyatida A.K.S korxonasi rahbari O.Q. va uning öğli D.Q. qurilayotgan köp qavatli uyning 36 ta xonadonini 67 fuqaroga oldindan sotgan. Quriliş oxiriga yetkazilmay qolgan, töplangan mablağlar talon-toroj qilib yuborilgan. Oxir-oqibat, «firibgar quruvçilar» sudlanib, tegişli jazosini olgan. Sud qarorida ularning qilmişidan jabrlanganlar soni 114 nafar ekani, yetkazilgan zarar miqdori 17 milliard sömdan oşgani körsatilgan. Aybdorlarga jazo tayinlangan bölsa-da, jabrlanuvçilarning pullarini qaytariş masalasi mavhum bölib turibdi. Qonunga köra, çala bitgan bino auksion orqali sotilib, mablağlar jabrlanuvçilarga qaytarilişi kerak. Albatta, bu jarayon tezda amalga oşmaydi. Bundan taşqari, aldangan odamlar pullarini töliq miqdorda qaytarib olişi masalasi ham söroq ostida.
Mijozlar endi öz muammosi bilan yuzma-yuz qolmoqda. Ular «quruvçi-tadbirkor»ning quruq va’dasiga işonib, firib qurboni bölişdi.
Özbekistonda qariyb 44 mingta quriliş korxonasi faoliyat yuritayotgan bölsa, ularning mijozlar oldidagi majburiyatlarini bajarişni öz «vijdoniga» havola qilib qöyiş – notöğri tizim. Bu borada metin qonuniy dastaklar kerak.








