Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 dekabr kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida davlat rahbari Qirg‘iziston yetakchisini tavallud kuni bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh Qirg‘iziston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq O‘zbekiston-Qirg‘iziston yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotgani, mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanayotgani qayd etildi.
Yaqinda ikki tomonlama hujjatlar – Davlat chegarasi alohida uchastkalari to‘g‘risida shartnoma va Andijon suv ombori suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risida bitim imzolangani va ratifikatsiya qilingani amaliy hamkorlik chuqurlashishiga, davlatlar va butun mintaqa barqaror rivojlanishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Davlat rahbarlari bo‘lajak muloqotlar kun tartibini sifat jihatidan boyitish maqsadida savdo shartnomalari va investitsiya dasturlari portfelini kengaytirish muhimligini qayd etdi.
Mavzuga oid
20:07 / 16.07.2026
Qamchibek Tashiyev 2027 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etishdan voz kechdi
18:57 / 31.05.2026
Japarov Atamboyev ma’muriyatining sobiq rahbarini afv etdi
14:16 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari strategik sheriklik masalalarini muhokama qildi
17:45 / 13.05.2026