Jahon | 15:20 / 07.12.2022
18537
6 daqiqa o‘qiladi

Donbassga kelgan Zelenskiy va Baxmutdagi ukrain artilleriyachilari. Urush suratlari

Ukrainada urushning 286-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar: 

  • Ukraina qurolli kuchlari kuni munosabati bilan Volodimir Zelenskiy oldingi chiziqqa keldi — Donetsk oblastining Slovyansk shahriga. U shuningdek Xarkiv oblastiga ham borishga ulgurgan va harbiy mukofotlar topshirgan;
  • Rossiya FXX (FSB) Ukraina vitse-premeri Irina Vereshchuk va Ukraina TIV rahbari o‘rinbosari Emine Japarovaga xalqaro qidiruv e’lon qildi va Lefortovsk sudidan ularni Rossiyaning hududiy yaxlitligiga daxl qilinishi yuzasidan sirtdan hibsga olishni so‘radi;
  • Kursk oblastida dronlar hujumi oqibatida aerodromda yong‘in ro‘y berdi. 5 dekabr kuni dronlar Saratov va Ryazan oblastlaridagi aerodromlarga hujum qilgandi, natijada rossiyalik uch harbiy halok bo‘lgan. RF mudofaa vazirligi bunda Ukrainani ayblagan;
  • RF mudofaa vazirligi 60 nafar harbiy xizmatchi asirlikdan ozod etilganini xabar qildi;
  • Anneksiya qilingan Donetsk shahri ma’muriyati Ukraina tomonining 6 dekabr kungi zarbalari oqibatida shaharda uch kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi;
  • Ukraina bilan chegaradosh bo‘lgan Rostov oblastida politsiyachilar pulemyotdan o‘qqa tutildi. Taxminlarga ko‘ra, dezertirlikda gumonlanayotgan shaxs o‘t ochgan. Ikki politsiyachi yaralangan, hech kim halok bo‘lmagan.

Kun kadri. Kurskdagi aerodromga dron zarbasi

5 va 6 dekabr kunlari — ketma-ket ikki kun — ukrain qo‘shini dronlar bilan Rossiya ichkarisidagi nishonlarga zarbalar yo‘lladi. 6 dekabr kuni Ukraina qurolli kuchlari droni Kurskdagi yonilg‘i saqlash omboriga hujum qildi. Oblast gubernatori Roman Starovoytning so‘zlariga ko‘ra, Kursk aerodromi hududida neft saqlangan ombor yonib ketgan, jabrlanganlar yo‘q. Foto: TASS

Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari

Donetsk oblastining Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati shahar markazi ukrain harbiylari tomonidan o‘qqa tutilganini ma’lum qildi. Raketa zarbalari oqibatida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, uch kishi halok bo‘lgan, ular orasida — annexia qilingan «DXR» parlamenti deputati ham bor.

Kiyim do‘konida yotgan Donetsk aholisi vakilining jasadi. Bu yigit shahar o‘qqa tutilishi chog‘ida halok bo‘lgan.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Otishma oqibatida yonib ketgan savdo palatkasidagi holat
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Raketa kelib tushgan joylardan birida ishlayotgan o‘t o‘chiruvchilar
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
FVV xodimlari yarador fuqaroga yordam ko‘rsatmoqda
Sergey Ilnitskiy / EPA / Scanpix / LETA
Donetskda zarba oqibatida halok bo‘lgan qizi jasadi tepasidagi ona
Valentin Sprinchak / TASS

Baxmut atrofidagi ukrain artilleriyachilari

6 dekabr kuni Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi har kunlik hisobotida Donetsk oblastidagi Baxmut yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari aviatsiyani qo‘llagan holda faollik bilan yurish qilayotgani aytiladi. Ma’lum qilinishicha, bir kun oldin Ukraina armiyasi Donetsk oblastidagi sakkizta aholi yashash manzili hududida, jumladan Baxmutda ham rossiyaliklarning hujumlarini qaytargan. «LXR» vakillari Ukraina armiyasi yo‘qotishlarini to‘ldirish uchun Baxmut hududiga qo‘shimcha kuchlarini olib kelayotganini iddao qildi.

Narci​so Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Narci​so Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Narci​so Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Prezident Zelenskiyning Slovyanskka tashrifi

6 dekabr — Ukraina qurolli kuchlari kunida — Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Donetsk shahridan 100 kilometr masofada joylashgan, ukrain kuchlari nazoratida qolayotgan Slovyansk shahriga tashrif buyurdi. Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlarining front chizig‘i yaqinidagi pozitsiyalari va harbiy hospitalga tashrif buyurdi, shuningdek Ukraina armiyasi harbiylari va faxriylariga videomurojaat yo‘lladi. «Kimdir [Rossiya] o‘zini jahonning ikkinchi armiyasi deb ataydi, ammo barcha ko‘rib turibdiki, birinchi o‘rinda kimniki», — degan u. Prezident shuningdek «harbiy harakatlar hududi kengaygani, kurash — og‘irlashgani, to‘lov — yuqorilagani»ni ta’kidlagan. «Ammo o‘zgarmas, barqaror, po‘latdek bo‘lib qolayotgan narsalar bor — sizning jasoratingiz, bardoshingiz, irodangiz, demakki — bizning ozodligimiz», — deya qayd etgan Zelenskiy. 

Ukraina prezidenti matbuot xizmati / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina prezidenti matbuot xizmati / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina prezidenti matbuot xizmati / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid