16:32 / 06.12.2022
9884

Zelenskiy Donbassdagi ukrainalik harbiy xizmatchilarni ko‘rishga keldi

Foto: AP

Ukraina Qurolli kuchlari kuni prezident Volodimir Zelenskiy Donbassdagi Ukraina bo‘linmalarining pozitsiyalariga tashrif buyurdi va Donetsk viloyatining Slovyansk shahriga kirish belgisi yonida videotabrik yozib oldi

«An’anaga ko‘ra, men bu kunni frontda jangchilarimiz bilan birga kutib olyapman. Bugun biz Donbassdamiz. Jangovar harakatlar maydoni kattalashdi, kurashish qiyinlashdi, narx oshib boryapti. Lekin u o‘zgarmadi, o‘zgarishsiz qolyapti, doimiy, po‘latga o‘xshash bo‘lib qoladi. Sizning jasoratingiz, sabr-toqatingiz, irodangiz bizning erkinligimizni, sizning yengilmasligingiz bizning mustaqilligimizni anglatadi», deya ma’lum qildi Zelenskiy.

Bundan oldin Zelenskiy Ukraina xalqini og‘ir qishda birdamlikka chaqirgandi.

Siyosatchi Rossiya sovuq va qiyinchilikni «terrorining bir qismi» qilib, Ukrainaga qarshi qishning xususiyatlaridan foydalanishi va ukrainaliklar yaqin oylarda bunga qarshi turish uchun yanada ko‘proq birdamlik ko‘rsatishi kerakligini aytdi.

Volodimir Zelenskiy fuqarolarni bir-biriga yordam berishga, nizo va janjallardan qochishga chaqirdi. 

Shu bilan birga, u qishni «imtihon sifatida emas, balki vaqt – bizni asosiy narsa – g‘alabaga yaqinlashtiradigan jihat» sifatida qabul qilishni maslahat berdi. 

Butun Ukraina yagona «Buzilmas nuqta»ga aylanishi kerak, deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top