«5 dekabr kuni ertalab Kiyev rejimi Rossiyaning uzoq masofaga uçuvçi samolyotlarini işdan çiqariş uçun Ryazan oblastidagi Dyagilevo va Saratov oblastidagi Engels harbiy aerodromlariga sovet ittifoqida işlab çiqarilgan reaktiv dronlar bilan zarba berişga urindi», deb bayonot berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.

Bu dronlar Rossiya havo mudofaasi tomonidan urib tuşirilgan, ammo bölaklari qulab tuşişi oqibatida uç nafar harbiy halok bölgan, ikki samolyotning korpusi ham şikastlangan.

Avvalroq matbuotda mahalliy vaqt bilan ertalab soat 6 larda dron Saratov oblastidagi «Engels-2» aviabazasining uçiş-qöniş yölagiga qulab tuşgani, ikkita Tu-95 bombardimonçi samolyoti şikastlangani, ikki harbiy xizmatçi yaralangani haqida xabar tarqalgan edi.

Telegramdagi kanallardan biri tarmoqqa taşqi kuzatuv kamerasi orqali yozib olingan videolavhani joyladi. Unda yorqin çaqnaşni köriş va gumburlagan ovozni eşitiş mumkin. Keyinroq rasmiylar bu lavha tekşirilayotganini aytişdi.

The New York Times naşrining yozişiça, AQŞ Mudofaa vazirligining anonimlik şarti bilan sözlagan vakili Pentagon Engels bazasidagi portlaşga guvoh bölganini aytdi.

Engelsdagi aerodromga qilingan hujumdan taşqari, ertalab Ryazan yaqinidagi Dyagilevo harbiy aerodromida ham portlaş yuz berdi. «RIA Novosti» xabariga köra, aerodromda yoqilği taşuvçi avtomobil yonib ketgan va portlagan, oqibatda uç kişi halok bölgan, yana olti kişi jarohatlangan. Texnikalar şikastlangani haqida xabar berilmadi.

Rossiyaning militaristik telegram kanallari portlaşlar deyarli bir vaqtda sodir bölganini ta’kidlab, bu Ukrainaning qöporuvçilik harakati bölişi mumkinligini taxmin qildi.

Ukraina hodisaga aloqadorligini rasman tasdiqlamadi. Biroq, Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatçisi Mixaylo Podolyak şunday yozdi: «Kremldagilar yer dumaloq ekanini bilmaydi şekilli. Agar siz boşqa mamlakatlar havo hududiga tez-tez biror narsa uçirsangiz, ertami-keçmi noma’lum uçuvçi obektlar uçib ketgan joyiga qaytadi».

«Şu yil oxirigaça va’da qilişgan»

Engelsdan Ukrainadagi front çiziğigaça taxminan 700 kilometr, Dyagilevodan taxminan 500 km. Rasmiy ma’lumotlarga köra, Ukraina qurolli kuçlarida bunday masofaga zarba beruvçi qurollar yöq.