Özbekiston Energetika vazirligi sohaga doir qator savollarga vazir Jörabek Mirzamahmudovning videojavoblarini Kun.uz'ga taqdim etdi.

“Özbekiston-Qozoğiston-Rossiya gaz ittifoqini taşkil etiş va xalqni bunga ixtiyoriy rozi qiliş maqsadida energiya sohasida sun’iy taqçillik yaratilayotgani rostmi?” degan savolga javoban Mirzamahmudovning aytişiça, şu kunlarda kuzatilayotgan uzilişlar taşqi faktorlarga boğliq emas.

“Şuni ta’kidlab ötiş kerakki, bu [energota’minotdagi uzilişlar – tahr.] qandaydir taşqi faktorlarga boğliq bölmagan holat. Bu içki iste’molning oşişi, iqtisodiyotimizning oşişi, aholi soni, farovonligi va daromadining oşişi oqibatida energoresurslarga bölgan talab-ehtiyoji keskin oşib boryapti. Eng avvalo şuni aytiş kerakki, yetarli hajmlarda şu ehtiyojni qondira olmayotganimiz bu bizning aybimiz”, – dedi u.

Energetika vazirining sözlariga köra, talabning ortib borayotgani energiya resurslarini import qilişni taqozo etmoqda.

“Ma’lum hajmda import qilişga ham ehtiyoj tuğilyapti. Şu ehtiyojni qondiriş, masalani yeçiş maqsadida hozirgi kunda biz allaqanday alyans, ittifoq emas, qöşni davlatlardan öz ehtiyojimiz uçun zarur bölgan tabiiy gaz va elektr energiyasini import qiliş böyiça muzokaralar olib borilyapti. Bunda milliy manfaatlardan kelib çiqqan holda, özimizning tarmoqlarni qandaydir birovga berib yuboriş yoki boşqa orqali emas, oldi-sotdi tijoriy şartnomalar asosida hamkorlik qiliş böyiça muzokaralar olib borilyapti”, – dedi Mirzamahmudov.

Eslatib ötamiz, ötgan hafta Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Moskvaga taşrifi vaqtida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning gaz ittifoqi ğoyasi haqida gapirgan edi. Töqayevning sözlariga köra, Putin Özbekiston, Qozoğiston va Rossiya iştirokida gaz ittifoqi taşkil etişni taklif qilgan va bu masalada Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga qönğiroq qilişini aytgan.

Oradan ikki kun ötib, Şavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin örtasida telefon muloqoti bölib ötdi. Prezidentlar, rasmiy relizga köra, “Markaziy Osiyo mintaqasidagi amaliy hamkorlik masalalari” böyiça fikr almaşgan.

Qozoğiston tomoni bu hozirça taklif ekani va u körib çiqilişini