Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Qodirovning ashaddiy tanqidchisi Tumso Abdurahmonov tirik
Checheniston rahbari Ramzon Qodirovni muntazam ravishda tanqid qiluvchi bloger Tumso Abdurahmonov tirik. Avvalroq, uning o‘ldirib ketilgani haqida xabar berilgandi.
Chechenistonlik sobiq dala qo‘mondoni Ahmad Zakayev so‘zlariga ko‘ra, avvalroq o‘ldirib ketilgani haqida xabar berilgan chechen blogeri Tumso Abdurahmonov tirik. U Shvetsiya politsiyasi himoyasida.
Shvetsiya radiosi (Sverigesradio) xabariga ko‘ra, Tumso Abdurahmonov tirik va Myunxen sudida o‘z ukasining o‘ldirilishiga tayyorgarlik ishi bo‘yicha ko‘rsatma berishga hozirlanmoqda.
Tumso Abdurahmonov Checheniston rasmiylari haqida tanqidiy fikrlari bilan tanilgan. 2015 yilda u Ramzon Qodirovning qarindoshlaridan biri bilan mojarodan so‘ng Rossiyani tark etgan edi. Abdurahmonov Shvetsiyada siyosiy qochqin maqomini oldi. 2020 va 2021 yillarda Abdurahmonov va uning ukasi Muhammadning hayotiga suiqasd qilindi. 2021 yil dekabr oyida Tumso Abdurahmonov Chechenistonda uning to‘qqiz nafar qarindoshi o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar berdi.
Tumso Abdurahmonovning o‘ldirilgani haqidagi xabarlar 1 dekabr kuni paydo bo‘ldi. Huquq himoyachilarining aytishicha, u ukasi bilan birga aloqaga chiqmay qo‘ygan. Bir necha kundan keyin uning o‘ldirilgani haqida Checheniston muxolifatining 1ADAT telegram kanali xabar berdi. Ammo Shvetsiya politsiyasi uning o‘ldirilganini tasdiqlamagan edi.
Mavzuga oid
10:09 / 08.04.2026
Rossiya sudi “Ichkeriya”ni terroristik tashkilot deb topdi
15:22 / 25.02.2026
Qozog‘iston chechenistonlik muxolifatchi ekstraditsiyasini to‘xtatdi
08:33 / 13.02.2026
OAV: YTHdan keyin Adam Qodirovning talog‘i olib tashlangan
18:42 / 08.02.2026