Jahon | 14:04 / 05.12.2022
20402
2 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyada Qodirovni tanqid qilgan chechen blogeri Tumso Abdurahmonov o‘ldirildi

Tumso Abdurahmonov Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni tanqid qilgani bilan tanilgan edi. Chechen muxolifatining 1ADAT Telegram-kanaliga ko‘ra, bloger kechasi bir guruh shaxslar tomonidan otib tashlangan.

Foto: AP

Checheniston hukumatining taniqli tanqidchisi, bloger Tumso Abdurahmonov Shvetsiyada o‘ldirildi, deb xabar berdi 5 dekabr, dushanba kuni «Yevropa va Chechenistondan kelgan axborotlar»ga tayanib, Chechen muxolifatining 1ADAT Telegram-kanali. «Tumso tunda bir guruh shaxslar tomonidan otib tashlangan va hozirda qotillik tafsilotlari o‘rganilmoqda», — deyiladi xabarda. Tafsilotlar keltirilmagan, ayni paytda maxsus xizmatlar Tumso Abdurahmonovning ukasini maxsus joyga yashirgani qayd etilgan.

«Ozodlik radiosi» Abdurahmonovning sheriklariga tayanib, u 2 dekabrga o‘tar kechasi o‘ldirilgani haqida xabar bermoqda. Biroq, nima bo‘lganligi haqida hech qanday ma’lumot berilmagan. Shvetsiya rasmiylari bu ma’lumotga hozircha izoh taqdim etmadi. Tumso Abdurahmonov dekabr oyi boshida aloqaga chiqishni to‘xtatgan. Huquq himoyachilari uning bedarak yo‘qolganini aytishdi. O‘shanda ham bloger o‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq o‘sha paytda bu tasdiqlanmadi.

Tumso Abdurahmonov Checheniston hukumatini tanqid qilgani bilan tanilgan. 2015 yilda u Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning qarindoshlari bilan mojaroga borgach, Rossiyani tark etgan. U Shvetsiyadan siyosiy boshpana oldi. Chechenistonda Abdurahmonov IShID a’zolari bilan aloqadorlikda ayblanmoqda. 2020 va 2021 yillarda Abdurahmonov va uning ukasi Muhammadning hayotiga suiqasd qilingan. 2021 yil dekabr oyida Tumso Abdurahmonov Chechenistonda uning to‘qqiz nafar qarindoshi o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar bergan edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid