Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarusda jangovar tayyorgarlikni to‘satdan tekshirish e’lon qilindi
Belarus Mudofaa vazirligi jangovar tayyorgarlikning to‘satdan tekshirilishini e’lon qildi. Idora matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u Aleksandr Lukashenko topshirig‘i bilan boshlangan.
«Ko‘rilayotgan chora-tadbirlar keng qamrovli bo‘lib, qo‘shinlar imkon qadar tezroq belgilangan hududlarga borishi, muhandislik jihozlarini ishga tushirishi, xavfsizlik va mudofaani tashkil etishi, shuningdek, Neman va Berezina daryolari orqali vaqtincha ko‘priklar qurishi kerak», — deyiladi xabarda.
Shuningdek, tekshiruv vaqtida «harbiy texnika va shaxsiy tarkibning harakatlanishi, shuningdek, ayrim umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va relef zonalari bo‘ylab fuqarolarning harakatlanishi (transport) vaqtincha cheklanishi rejalashtirilgani» ko‘rsatilgan.
Bundan oldin Belarusda safarbarlik yo‘qligi, ammo harbiy xizmatga majburlar «voyenkomat»ga chaqirilayotgani xabar qilingandi.
Belarus rasmiylari hali ham mamlakatda safarbarlik choralari ko‘rilmaganini, gap faqat harbiy xizmatga majbur bo‘lganlar haqidagi ma’lumotlarni rejalashtirilgan tekshiruvi haqida ketayotganini ta’kidlamoqda.
Ular bu jarayonni 1 dekabrgacha yakunlashga va’da bergan, biroq endi bu 2022 yil oxirigacha davom etishi ma’lum bo‘ldi.
O‘tgan kuzdan boshlab, Rossiyada e’lon qilingan «qisman safarbarlik»dan so‘ng, minglab Belarus fuqarolari o‘z mamlakatlarining harbiy ro‘yxatga olish idoralariga chaqiriq ola boshladi.
Mahalliy hokimiyat vakillari va komissarliklarning o‘zi g‘ayritabiiy narsa yuz bermayotganini ta’kidladi: chaqiruv qog‘ozlarini yetkazib berish odatiy hol bo‘lib, Ukraina hududidagi harbiy operatsiyalarga hech qanday aloqasi yo‘q.
Mavzuga oid
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
22:20 / 24.05.2026
Makron Lukashenkoni Ukraina nizosiga aralashmaslikka chaqirdi
21:48 / 12.05.2026
Lukashenko armiyani urushga tayyorlash uchun qo‘shinlarning «maqsadli safarbarligi»ni e’lon qildi
21:45 / 07.05.2026