Rossiya Turkiya, şuningdek, Hongkong va Estoniya orqali sanksiyalarni çetlab ötib, qurol uçun zarur bölgan Ğarb çiplarini import qilişda davom etmoqda. Bu haqda Reuters va Britaniyaning RUSI instituti ma’lum qildi.
Reuters va Britaniya Qirollik birlaşgan mudofaa tadqiqot instituti (RUSI) ma’lumotlariga köra, raketalarni işlab çiqariş uçun zarur bölgan ğarb mikroçiplari Rossiyaga sanksiyalarni çetlab ötgan holda kelişda davom etmoqda. 13 dekabr, seşanba kuni çop etilgan qöşma tekşiruvda jurnalistlar va ekspertlar Rossiya Ğarb kompyuter komponentlari va boşqa elektronika buyumlarini xarid qilişda davom etayotgan global ta’minot zanjirlari töğrisida batafsil ma’lumot berdi.
Ular Rossiyaga Turkiya, Hongkong, Estoniya va boşqa savdo xablari orqali yarimötkazgiçlar va boşqa jihozlar partiyalari kirib kelgan bir qança noma’lum bölgan eksportçilarni aniqladilar.
Xususan, suriştiruvda gap Ğarb davlatlari Rossiyaga qarşi bir qator keng kölamli sanksiyalarni joriy etgan va bir haftadan söng Rossiyaga IT-mahsulotlarini faol yetkazib bera boşlagan, 2022 yil mart oyida taşkil etilgan Azu International kompaniyasi haqida ketmoqda. Reuters agentligining Rossiya bojxona ma’lumotlariga tayanib ta’kidlaşiça, kompaniya özining yetti oylik faoliyati davomida Rossiyaga kamida 20 million dollarlik butlovçi qismlarni, jumladan, Amerika kompaniyalari tomonidan işlab çiqarilgan çiplarni eksport qilgan.
Uşbu ma’lumotlarga köra, Azu International hammuassisi turkiyalik tadbirkor Gökturk Agvaz bölib, u ayni paytda IT-mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan şuğullanuvçi Smart Impes GmbH nemis kompaniyasini boşqaradi. Ukrainada keng miqyosli uruş boşlanişidan oldin nemis firmasi Moskvadagi mijozga Ğarb mahsulotlarini yetkazib bergan, u yaqinda - uruş boşlanganidan keyin - Istanbuldagi Azu International orqali tovarlarni import qilgan, deya ta’kidlaydi agentlik Rossiya bojxonasi ma’lumotlariga tayanib.
Biroq, Reuters agentligi xabariga köra, Agvaz oktyabr oyida Kyoln yaqinidagi ofisidan Smart Impex Yevropa Ittifoqining savdo çeklovlari tufayli Rossiyaga eksport qilişni töxtatganini, ammo Turkiyaga mahsulot yetkazib berayotganini aytdi. «Biz Rossiyaga eksport qila olmaymiz, faqat Turkiyaga sotamiz», dedi u. Azu International kompaniyasining Rossiyaga sotuvlari haqida söralganda, u bu «tijorat siri» ekanligini aytdi, deb yozadi agentlik. Jurnalistlar suriştiruv e’lon qilinişidan biroz oldin u bilan yana boğlanişdi va tadbirkor Smart Impex «barça eksport çeklovlariga rioya qilişiga» va «Rossiyaga qarşi Ğarb sanksiyalarini çetlab ötmasligiga» işontirib, boşqa kompaniya - Azu International haqidagi savollarga javob berişdan boş tortdi. Şu bilan birga, turk korporativ ma’lumotlariga köra, Agvaz noyabr oyi oxirida uşbu firmadagi 50 foiz uluşini sotgan.

















