Suriya hukumati Rossiya kompaniyasi bilan Tartus dengiz portini boşqariş böyiça kelişuvni bekor qildi. Bu haqda Tartus provinsiyasi bojxona departamenti direktori Riyoz Judiy Al Watan gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Rossiya kompaniyasi bilan Tartus portiga investitsiyalar böyiça kelişuv bekor qilindi. Port faoliyatidan tuşgan barça daromadlar Suriya davlati manfaatlariga yönaltiriladi», dedi Judiy.
Rossiyaning «Stroytransgaz» kompaniyasi bilan investitsiya şartnomasi 2019 yilda 49 yil muddatga tuzilgan edi. Suriyaning sobiq transport vaziri Ali Hamud sözlariga köra, hujjat portni boşqariş va uni modernizatsiya qilişga Rossiya tomonidan 500 million dollardan ortiq sarmoya kiritişni nazarda tutgan.
Tartus Suriyadagi ikkinçi yirik dengiz portidir. U yerda Rossiya harbiy-dengiz kuçlarining logistika markazi joylaşgan. Rossiya Taşqi işlar vaziri örinbosari Mixail Bogdanov 12 dekabr kuni Rossiya Suriyadagi harbiy bazalarini saqlab qolişni kutayotganini aytgan edi.












