Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasida bezorilik qilgan shaxs 3 yilga qamaldi
Erkak mast holda elchixonaga kirib, mol-mulkni qasddan vayron qilgan.
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahridagi O‘zbekiston elchixonasida mast holda bezorilik qilgan erkak 3 yillik qamoq jazosiga mahkum etildi.
Voqea 2022 yil yanvar oyida sodir bo‘lgan. Erkak mast holatda O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi binosiga kirib, mol-mulklarni qasddan vayron qilgan. Oqibatda elchixonaga katta miqdorda moddiy zarar yetkazilgan.
Sud hukmi bilan erkak 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. O‘zbekiston elchixonasiga yetkazilgan moddiy zarar undirib olingan.
Shuningdek, huquqbuzarga ozodlikdan mahrum qilish joyida alkogolizmdan majburiy davolanish belgilangan. Sud hukmi qonuniy kuchga kirgani aytilmoqda.
Mavzuga oid
00:26
Qozog‘iston-Rossiya chegarasida avtomobillardan iborat ko‘p kilometrli tirbandlik yuzaga keldi
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
17:49 / 02.06.2026