O‘zbekiston | 13:12 / 19.12.2022
13354
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta o‘rtasida yog‘ingarchilik bo‘ladi, yomg‘ir qorga aylanadi

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab respublika markaziy va sharqiy hududlarida ba’zi joylariga tuman tushadi. Havo harorati 7-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ertaga respublika katta qismida 7-10 daraja iliq bo‘lgan harorat bilan quruq va nisbatan iliq ob-havo saqlanib turadi. Faqat shimoliy hududlarga Kavkaz hududlaridan sovuq antitsiklon kirib kelishi boshlanadi. Front kirib kelishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha biroz qor yog‘ishi kutilmoqda, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi, havo harorati 0-3 daraja iliqqacha pasayadi.

21 dekabrda sovuq antitsiklon kirib kelishi respublika barcha hududlariga tarqaladi. O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishida biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Respublika shimolida kechasi harorat 9-11 daraja sovuqqacha kuchayadi, kunduz kuni 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi.

22-23 dekabr kunlari O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 22 dekabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Harorat kechalari 2-5 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2-5 daraja iliqqacha pasayadi.

Respublika bo‘yicha kechasi va ertalab tuman tushishi kutilmoqda.
21-22 dekabr kunlari yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid