Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qayev shu hafta davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev joriy yil 21-22 dekabr kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatda bo‘ladi.
O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi muzokaralarda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
Sammit kun tartibidan O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni ilgari surish, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, faol hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirish kabi asosiy masalalar o‘rin olgan.
Davlat rahbarlari bir qator yirik investitsiya loyihalarini boshlab berishi rejalashtirilmoqda.
Uchrashuvlar yakunida amaliy hamkorlik ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama bitimlar salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
10:31 / 16.07.2026
Qozog‘iston migratsiya nazoratini kuchaytirmoqda
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
17:53 / 08.07.2026
Qozog‘istonda qo‘shni davlatlardan transport vositalari kirishi cheklandi
17:54 / 07.07.2026