Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Erasmus+ doirasida moliyalashtirish uchun 7 ta yangi loyiha tanlab olindi
Toshkent moliya institutida Yevropa Ittifoqining «Erasmus Plus (Erasmus +)» ta’lim dasturi Milliy idorasi tomonidan O‘zbekiston vazirliklari va idoralari, oliy ta’lim muassasalari, YeIga a’zo davlatlar diplomatiya vakolatxonalari vakillari ishtirokida «O‘zbekistonda Erasmus+ axborot kuni» tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Tadbir davomida ishtirokchilarga «yashil» va raqamli texnologiyalarga o‘tish, ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimlari inklyuzivligi hamda barqarorligini ta’minlashga qaratilgan 2023 yil uchun mo‘ljallangan navbatdagi tanlov dasturi tanishtirildi.
Erasmus+ Yevropa Ittifoqining yoshlarni faol jalb etgan holda ta’lim, kadrlar tayyorlash, sport sohasidagi loyihalar, hamkorlik, tadbirlar va mobillikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muvaffaqiyatli uzoq muddatli dasturlaridan biridir. Ayni paytda O‘zbekiston ishtirokidagi 43 ta loyihaning umumiy budjeti 36,6 million yevroni tashkil etadi.
Joriy yilda yangi loyihalarni moliyalashtirish uchun «Oliy ta’limda salohiyatni rivojlantirish» yo‘nalishi bo‘yicha budjeti 4,5 million yevrodan ortiq bo‘lgan 7 ta loyiha tanlab olindi.
Mavzuga oid
09:08 / 23.12.2025
O‘zbekiston kapital bozorida zamonaviy moliyaviy instrumentlar joriy etiladi
11:26 / 28.11.2025
O‘zbekistonda “ochiq banking” tizimi joriy etiladi
18:56 / 12.11.2025
Millionerlar soni ko‘p bo‘lgan mamlakatlar reytingi tuzildi
18:33 / 12.11.2025