Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada «Migrantlar Federatsiyasi» tugatildi
Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Armaniston, Ozarboyjon kabi davlatlar vakillarini birlashtirgan jamoat tashkiloti faoliyatiga sud tomonidan barham berildi.
Rossiya Oliy sudi Adliya vazirligining «Rossiya Migrantlar Federatsiyasi»ni (RMF) tugatish to‘g‘risidagi da’vosini qanoatlantirdi.
«Rossiya migrantlari federatsiyasi Butunrossiya jamoat tashkiloti tugatilsin», deyiladi qarorda.
Qarorda qayd qilinishicha, tashkilot «Rossiya Federatsiyasi qonunchiligini qo‘pol tarzda buzgan». Jumladan, 2021 yil sentabr-oktyabr oylarida o‘tkazilgan audit tekshiruvi davomida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etmagan.
Bundan tashqari, RMF o‘z nizomida ko‘rsatilmagan faoliyat bilan shug‘ullangan. Xususan, 2018-2020 yillarda aralash yakkakurashlar (MMA) bo‘yicha yettita xalqaro turnir o‘tkazgan.
RMF vakillari va prezidenti Vadim Kojyenov da’volarni tan olmagan va suddan da’voni rad etishni so‘ragan.
RMF veb-saytida aytilishicha, tashkilot 2005 yilda «Rossiya Federatsiyasi prezidenti Administratsiyasining ichki siyosat bo‘limi ko‘magida xorijiy diasporalarning nufuzli rahbarlarining tashabbusi bilan» tashkil etilgan.
Shuningdek, RMF - «sobiq ittifoq respublikalari – Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Armaniston, Ozarboyjon, shuningdek, uzoq xorijiy mamlakatlar – Hindiston, Pokiston, Nepal, Afg‘oniston va boshqa ko‘plab diaspora vakillarini birlashtirgan jamoat tashkiloti» deyilgan.
Veb-saytga ko‘ra, RMF «migrantlarga rus tilini o‘rganish va ta’lim olishda yordam beradi, moslashish markazlarini yaratish va migrantlarning huquqiy hayotini ta’minlashga hissa qo‘shadi, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash olib boradi, bag‘rikenglikni targ‘ib qiladi va ko‘plab sport va madaniy tadbirlarni tizimli ravishda o‘tkazadi».
Mavzuga oid
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
17:49 / 02.06.2026
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonda Yevroittifoqning deportatsiya markazi tashkil qilinishini rad qildi
08:20 / 20.05.2026