Meni O‘zbekistonning haqiqiy va samimiy do‘sti deb biling - M.Chungong
Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi Martin Chungong va Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva videokonferensiya orqali muloqot qildi.
20 dekabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi Martin Chungong bilan videokonferensiya orqali muloqot qildi.
Parlamentlararo ittifoq (PI) 1889 yilda tashkil etilgan va 179 mamlakat parlamentlarini o‘z ichiga olgan parlamentlararo muloqot uchun eng yirik platforma hisoblanadi. Tashkilotning bosh qarorgohi Jyenevada joylashgan va 2014 yildan beri unga kamerunlik Martin Chungong rahbarlik qilmoqda.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi va PI o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Bosh kotib PI O‘zbekiston bilan hamkorlikni mustahkamlashga katta e’tibor qaratayotganini ta’kidladi.
«Sizning yondashuvingiz namunalidir va tashkilot bilan tizimli va samarali ishlashning yorqin namunasi bo‘lib xizmat qiladi», dedi u.
Chungong prezident murojaatining ko‘lami va natijalarini yuqori baholadi va parlament islohotlari doirasida muammolarni hal etishda har tomonlama yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.
«Ular mamlakat faoliyatining deyarli barcha jabhalariga, xalq tinchligi va farovonligiga daxldor. Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslarini amalga oshirishda ishtirok etish men uchun sharaf. Meni O‘zbekistonning haqiqiy va samimiy do‘sti deb bilishingizni so‘rayman», dedi u.
M. Chungong O‘zbekistonda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar ijrosini nazorat qilish bo‘yicha Parlament komissiyasi tashkil etilganini alohida ta’kidladi: «Bu tajribaga alohida e’tibor qaratish lozim. Uning mintaqada o‘xshashi yo‘q va ittifoqqa a’zo mamlakatlar parlamentlari orasida keng targ‘ib qilinishi kerak, deb hisoblayman».
U, shuningdek, 2024 yilda O‘zbekistonda PI Assambleyasi va tegishli tadbirlarni o‘tkazishga tayyorligini bildirdi. Uning fikricha, ushbu Assambleya ittifoq tarixidagi eng yirik assambleyaga aylanishi mumkin: «Bu yil kuzda biz xalqaro parlamentarizmning barcha yo‘llari Toshkent va Samarqandga olib borishiga guvoh bo‘ldik. PI asosiy tadbiri – Assambleyani o‘tkazish uchun barcha asoslar bor».
M.Chungong fikricha, Assambleyaning O‘zbekistonda o‘tkazilishi jahon parlamentlari hamkorligida muhim voqeaga aylanishi, parlamentarizmning turli masalalari uchun yaxshi istiqbollarni ochishi mumkin.
Mavzuga oid
19:13 / 02.11.2024
Oliy Majlis Senati a’zolari saylovini o‘tkazish sanasi belgilandi
20:31 / 27.10.2024
Tanzila Norboyeva nabirasi bilan birga saylovda ovoz berdi
16:50 / 25.10.2024
Senat raisi YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
16:33 / 25.10.2024