Hamsuhbatim, yoşi oltmişlarga yaqinlaşib qolgan, öz şevasida çiroyli lutf bilan sözlovçi kişi edi. U bilan suhbatlaşar ekanman, ziyoli insonligi bilinib turardi.

«Viloyat markazlaridan birida, eski şahar deb ataluvçi qismida yaşaymiz. Bilasiz, yirik şaharlardagi bunday mavzelarda tor köçalar va kiçik hovlilar joylaşgan. Mening hovlim ham unça katta emas, nari borsa ikkita oilani siğdirsa bölardi. Bir paytlar öğlim uçun sotib olingan bir hovlini deb ança mojarolarga duç kelganman», deb qoldi.

Hayotda nima köp, hovli yoki uy sotib olib turli holatlarga duç kelgan insonlar köp. Şunday bölsa ham bu inson qanday mojaroga duç kelgani menga juda qiziq tuyuldi. Undan tafsilotlarni söramoqçi bölgan edim, özi gap boşlab qoldi:

«Maktabni tugatib pedagogika yönalişida öqiganman. Uzoq yillar maktabda öqituvçi, söng direktor bölib işlaganman. Tört öğlim va ikki qizim bor.

Mustaqillikka endi erişgan davrimizda uyimga yaqin maktablardan birida direktor edim. Mustaqil bölganimizda «ozod böldik» deb eng köp men quvonganman.

Öşanda qöl ostimdagi öqituvçilarga «Endi çopiqqa çiqmaymiz, paxta termaymiz. Metallolom va makulatura yiğmaymiz. Faqat ta’lim beriş bilan band bölamiz» deganman.

Ammo çuçvarani xom sanagan ekanman. 1992 yil 1 sentabrdan öquv mavsumi boşlandi. Sentyabrning oxiriga borib öquvçilarni paxtaga olib çiqişimiz haqida buyruq (!) keldi.

9, 10 va 11-sinflar bilan noyabr oyi örtalarigaça paxta dalasida böldik. Paxtadan qaytganimizdan söng metallolom va makulatura rejalarini ham berişdi.

Öşanda öqituvçilarga «endi özimizga tegişli bölmagan işlardan ozod bölamiz» deb katta gapirib qöyganim uçun ularning yuziga qaray olmasdim. Qolaversa, mustaqillikdan keyin öqituvçilarga bölgan munosabat yaxşilaniş örniga yomonlaşgani ruhiyatimga yomon ta’sir qildi. Oxiri bölmadi, ariza yozib işdan böşadim.

Direktorlikni topşirganimdan söng katta oilani qanday boqiş muammosi köndalang böldi. Öşa kezlarda özim öqitgan yigit viloyatimiz markazidan Moskvaga qatnovçi poyezdda vagon kuzatuvçisi bölib işlardi.

Kambağal oilaning farzandi bölgan bu yigitga öquvçilik yillarida ança yordamim tekkandi. Işdan böşaganimni eşitib qidirib kelibdi. U menga jöyali bir taklif berdi:

«Ustoz, işdan böşaganingizni eşitdim. Ta’lim tizimida heç narsa özgarmagan bölsa, boşqa sohalarda özgarişlar bölgan. Hozir oldingiday OBXSS (Sovet davrida militsiyaning sotsialistik mulkka zarar yetkazuvçilarga qarşi kuraş bölimi şunday deb atalardi) yöq. Odamlar bemalol oldi-sotdi qilib yuribdi. Xöp desangiz sizga yordam beraman. Bozordan 5-6 xil narsalarni olib sumkalarga joylaysiz, keyin Moskvagaça bilet olasiz. Yölda narsalaringizni sotib borasiz. Qaytişda özimizda taqçil bölgan narsalarni olib kelasiz, undan ham yaxşi qoladi».