Taniqli onkolog şifokor, professor Ğolib Hakimov qariyb 2 yil oldin sud ajrimi asosida soğliqni saqlaş vazirining buyruği bilan Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toşkent şahar filiali boş şifokori lavozimidan çetlatilgan. Bunga professor rahbarlik qilayotgan şifoxonada bölim boşliği bölib işlovçi Alişer Mingboyevning ijtimoiy tarmoqlarga qilgan çiqişi ortidan filial mansabdor şaxslariga jinoiy iş qözğatilgani sabab bölgan. Öşanda Alişer Mingboyev Ğolib Hakimov boşçiligidagi bir guruh şaxslarni korrupsiyada ayblagan, qarşi taraf esa bu tuhmat ekanini aytgandi.

Alişer Mingboyevning ijtimoiy tarmoqlardagi çiqişi ortidan Çilonzor tumani prokuraturasi 2021 yil 12 fevral kuni Toşkent şahar onkologiya markazi mansabdorlariga jinoiy iş qözğatadi. Dastlabki tergov harakatlari olib borilib, 2021 yil 22 fevral kuni filial boş şifokori Ğolib Hakimovga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan ayblov e’lon qilingan hamda sudning ajrimi bilan u lavozimidan çetlaştirilgan.



Jinoyat işi 2022 yil 1 fevral kuni harakatdan tugatilib, professorga qöyilgan ayblov va ehtiyot çoralari bekor qilingan.

Ğolib Hakimovga qöllangan ehtiyot çoralari, jumladan jinoyat işlari böyiça Çilonzor tumani sudining ajrimiga asosan lavozimidan çetlaştirilişi bekor qilingaç, u öz işiga qaytişi kerak edi. Ammo bunday bölmadi: professor lavozimiga qaytiş yölida köplab tösiqlarga uçradi. Soğliqni saqlaş vaziri Behzod Musayev işni çigallaştiravergaç, vaziyatga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi aralaşgan: vazir örinbosari nomidan Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari nomiga xat çiqarilib, professorni öz lavozimiga qaytariş söralgan. Lekin bundan ham natija çiqmagan: professorni işga tiklaş haqidagi buyruq vazir Bexzod Musayevning iş stolida imzo kutib yotavergan.













