Facebook’da tarqalgan videoda Toşkent şahar onkologiya markazi patomorfologiya bölimi boşliği Alişer Mingboyev özi işlayotgan markaz direktori boşçiligidagi bir guruh şaxslarning korrupsion harakatlari ustidan şikoyat qiladi. Davlat rahbariga yöllangan videomurojaatda filial direktori qöl ostidagi işonçli şaxslar orqali bemorlardan va ularning qarindoşlaridan pul talab qilişi, pul berolmaganlar joy yöqligi bahonasida şifoxonaga qabul qilinmasligi haqida söz boradi.

Videomurojaatda Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Toşkent şahar filialiga davlat tomonidan ajratilgan qimmat narxdagi kamyob dorilarning köp qismi bemorlarga berilmagani, buning örniga şifoxonada davolanayotgan şaxslarga şifoxona içki dorixonasida tayyorlangan suyuqlik şaklidagi oddiy dorilar quyib kelinayotgani, biroq kasallik tarixiga qalbaki qaydlar kiritiş orqali onkologik kasalliklarni davolaşda işlatilişi lozim bölgan dorilar hisobdan çiqarib kelingani bayon etiladi.

Alişer Mingboyev

Murojaat mualliflariga köra, Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Toşkent şahar filialiga davlat tomonidan ajratilgan dorilar filial direktoriga tegişli dorixonalarga çiqarilgan, bemorlar va ularning yaqin qarindoşlari turli yöllar bilan uşbu dorilarni qimmat narxlarda sotib olişga majburlangan.

Ta'kidlanişiça, mazkur holatdan norozi bölgan fuqarolardan 2019 va 2020 yillarda bir neça marta Özbekiston prezidenti nomiga va yuqori turuvçi idoralarga 180 ta şikoyat kelib tuşgan, tekşiruvlar davomida uşbu şikoyatlarda keltirilgan vajlar tasdiğini topgan bölsa-da, filial direktori va boşqa mansabdor şaxslarga nisbatan şu paytgaça heç qanday çora körilmagan.

Şahar onkologiya markazi direktori Ğolib Hakimov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda bu ayblovlarni rad etdi. U bölim boşliği Alişer Mingboyevni tuhmatda aybladi, uning ayblovlarini asoslaydigan dalillar bölsa, qonun böyiça jazoga tayyorligini bildirdi.

Ğolib Hakimov, tibbiyot fanlari doktori, professor

«Bu – tuhmat. 2020 yili markazimizda 11 ming 740 nafar bemor davolangan. Ularning heç biri vazirlikka şikoyat qilmagan. Biz bemorlarni şifoxonaga yotqizmayotganimiz, bunga tösqinlik qilayotganimiz, pulsiz operatsiya qilmayotganimiz haqida birorta şikoyat yöq. Portalga murojaatlar köp. 2019–2021-yillarda portal orqali tuşgan 181ta murojaat vazirlik komissiyasi tomonidan örganib çiqildi. Lekin şu joydayam biz bemorlardan pul söraganimiz, pulsiz şifoxonaga yotqizmaganimiz böyiça murojaatlar topilmadi.