Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:50 / 27.12.2022
14573
1 daqiqa o‘qiladi
Ukraina Alisher Usmonov kompaniyasiga tegishli 55 million dollarlik temir rudasini musodara qildi
Foto: TASS
Ukraina xavfsizlik xizmati rossiyalik oligarxning kompaniyasiga tegishli 2 milliard grivinlik (55 million dollar) mahsulotni musodara qilganini xabar qildi.
Gap Ukraina portlarida joylashgan Rossiya omborlaridan musodara qilingan temir rudasi haqida ketmoqda: «Topilgan temir rudasi Kremlga yaqin oligarxlardan biri Alisher Usmonov kompaniyasiga tegishli», deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, temir rudasini Rossiyaga olib ketish va harbiy ishlab chiqarish kompleksiga topshirish maqsad qilingan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish