Shavkat Mirziyoyev: “Farzandlarimizni aldab bo‘lmaydi”
“Muallimning o‘rnini konstitutsiyada mustahkamlash mening eng katta niyatim. Toki o‘zgaruvchan qonunlar bilan bu masala o‘zgarmasin” – dedi prezident ta’lim sohasi vakillari bilan uchrashuvda.
“Kongress holl”da bo‘lib o‘tayotgan, ta’lim sifatida oshirishga bag‘ishlangan uchrashuvda prezident bugungi yoshlarni tarbiyalash masalasida ham gapirdi.
“Biz 5 yil ichida 1000 dan ortiq maktab qurdik. 500 mingta o‘quvchi o‘rni tashkil qildik va yana 1,2 mln o‘rin rejalashtirdik. Umumiy hisobda 14 trln so‘m, poytaxtning o‘ziga 1,5 trln so‘m mablag‘ ajratdik. Bu balki ko‘p tuyular. Lekin men uchun hali juda kam. Ishlarimizni jadal davom ettirishimiz kerak.
Men bugun 590 ming nafar ustoz-muallimlar, murabbiylarga murojaat qilmoqchiman. Bugungi yoshlarimizning talabi juda katta. Oddiygina telefonni katta avlod tushunmaydi. Ammo uni kuzatgan bolalarimiz biz kattalarga savol berib qiyin vaziyatga solib qo‘yishyapti. Dunyo voqealariga oid masalalarga qiziqishyapti. Farzandlarimizni aldab bo‘lmaydi. Bugun informatsion texnologiyalarni sinfxonaga kirgan o‘qituvchiga nisbatan o‘quvchilar ko‘proq bilishadi, desak to‘g‘ri bo‘ladi.
Bugun siz ustozlar bilan norasmiy tarzda ham gaplashmoqchiman. Toki har biringiz menga muammolarni bexijolat aytib bering. Nimalarga men e’tibor beray, qanday takliflar borki maqsadlarimizga erishi uchun xizmat qilsa. Balki ayrim fanlarni qisqartirarmiz, zamonaviy fanlarni ko‘paytirarmiz. Negadir bir qisqartirishdan qo‘rqamiz. Agar biror fan zamonaviylikdan ortda qolsa, uni saqlab turishda nima ma’no bor? 10 mingdan ortiq maktabdan 842 tasining birorta bitiruvchisi oliy o‘quv yurtiga kira olmagan. Buni qanday baholash mumkin?
Men murojaatnomada xorijiy tillarni o‘rganish, o‘z tilimizga e’tiborli bo‘lish masalalariga bejiz ko‘p e’tibor qaratmadim. Farzandlarimiz maktabni bitirganlarida til bilib chiqishsa, ularning ishlash, o‘qish imkoniyatlari juda oshadi. Birgina misol, mana shu qiyin yilda ham O‘zbekistonga 4,5 mlndan ortiq turistlar kelishdi. Ularga munosib xizmat ko‘rsatish uchun ham tayyor bo‘lishimiz kerak.
Biz “Bolalar yomon bo‘lib ketdi” degan fikrdan voz kechishimiz kerak. O‘zimizga savol qo‘yaylik – ularni yaxshi qilish uchun nimalar qildik?! Baribir ular o‘zimizning farzandlarimiz. Sizlar bilan bir tan-u bir jon bo‘lib, jonajon O‘zbekistonimizning kelajagi haqida o‘ylashimiz shart” – dedi prezident tadbir ishtirokchilariga qarata.
Mavzuga oid
21:19 / 21.12.2024
Tadbirkor prezidentdan shaxsga doir va bank ma’lumotlarini Cloud'da saqlashga ruxsat berishni so‘radi
20:49 / 21.12.2024
“Tannarxni tushirish – kengayish, hajmni oshirish bilan bo‘ladi” - Zafar Hoshimov
18:40 / 21.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerga ta’ziya yo‘lladi
14:34 / 20.12.2024