Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston BMT Kosmosdan tinch maqsadda foydalanish qo‘mitasiga qo‘shildi
BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekistonni Kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish qo‘mitasiga (COPUOS) qo‘shish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
COPUOS BMTning maxsus qo‘mitasi bo‘lib, uning asosiy vazifalari xalqaro hamkorlikni ko‘rib chiqish va koinotdan tinch maqsadlarda foydalanish dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari hamda kosmik fazoni tadqiq etishda yuzaga keladigan huquqiy muammolarni o‘rganishdan iborat. O‘zbekistonning ushbu tashkilotga qo‘shilishi bilan uning a’zolari soni 97 taga yetdi. 41 ta xalqaro tashkilot qo‘mita va uning quyi qo‘mitalarida kuzatuvchi maqomiga ega.
COPUOS'da ishtirok etish mamlakatlarga koinot bilan bog‘liq o‘zgarishlar va jarayonlarni kuzatish hamda muhokama qilish uchun global darajada noyob imkoniyatni taqdim etadi.
Tashkilotga to‘laqonli a’zolik O‘zbekistonning xalqaro hamkorlikda va COPUOS'ning barcha tadbirlarida ishtirok etish imkoniyatini beradi.
Mavzuga oid
18:27 / 14.07.2026
BMT Farg‘ona vodiysini zilzila xavfi yuqori hududlar qatoriga kiritdi
13:26 / 14.07.2026
Urushlar, og‘ir qarz yuklari, valutalar zaiflashuvi, tengsizlik va azob – Guterrish bugungi dunyo haqida nutq so‘zladi
10:55 / 14.07.2026
BMT husiychilar va Saudiya o‘rtasidagi keskinlikdan xavotir bildirdi
10:00 / 11.07.2026