Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarani yakuniy xalqaro-huquqiy rasmiylashtirishni ko‘rib chiqdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahrom A’loyevning Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yermuxambet Konuspayev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildi. Hozirgi bosqichda O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq izchil mustahkamlanib borayotgani qayd etildi.
Muzokaralarda O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini yakuniy xalqaro-huquqiy rasmiylashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston-Qozog‘iston qo‘shma demarkatsiya komissiyasining samarali faoliyati va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash va mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish uchun chegara demarkatsiyasini yakunlash muhimligi qayd etildi.
Mavzuga oid
10:12 / 11.07.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida raqamli bojxona nazorati joriy etiladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
17:53 / 08.07.2026
Qozog‘istonda qo‘shni davlatlardan transport vositalari kirishi cheklandi
17:54 / 07.07.2026