O‘zbekiston | 08:54 / 05.01.2023
7794
1 daqiqa o‘qiladi

TIV zargarlik sanoatiga investitsiyalar jalb qilishda yordam beradi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Furqat Siddiqov “O‘zbekzargarsanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari Umid Ahmedov bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.

Foto: Dunyo

Tadbirda Tashqi ishlar vazirligi va uyushmaning O‘zbekiston zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish, xususan, mamlakat xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda tayyor mahsulotlar eksporti hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Joriy yilning 11 oyi davomida uyushma korxonalari MDH va Yevropa mamlakatlariga umumiy qiymati 36 million dollarlik tayyor zargarlik buyumlari eksport qilgani ta’kidlandi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston elchixonalari tomonidan sohaga xorijiy sarmoya, ilg‘or texnologiyalar, ixtisoslashtirilgan mutaxassislarni jalb etish jarayonida ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid