Jurnalistlarning ma’lumotlariga köra, ötgan yilning avgust-sentabr oylarida Cold River guruhi hakerlari Nyu-York ştatidagi Brukhaven milliy laboratoriyasi, Çikagodagi Argonna milliy laboratoriyasi va Kaliforniyadagi Livermor milliy laboratoriyasining içki tarmoqlariga kirib borişga uringan. Barça uçta laboratoriya AQŞ Energetika vazirligi tomonidan boşqariladi.
Reuters agentligining aniqlaşiça, hakerlar guruhiga aloqador şaxslar soxta kiriş ekranlarini yaratiş va laboratoriyalar xodimlariga elektron poçta xabarlarini yuboriş orqali muassasalarning içki tarmoqlariga kiriş parollarini olişga harakat qilgan. Ular nima maqsadda laboratoriyalar tizimlarga buzib kirmoqçi bölgani jurnalistlarga noma’lum. AQŞ Energetika vazirligi va Rossiyaning Vaşingtondagi elçixonasi Reuters agentligi savollariga javob bermagan.
Uşbu hujum urinişlarining Cold River guruhiga aloqadorligini kiberxavfsizlik sohasining beş nafar mutaxassisi tasdiqlagan. Hakerlar avvaldan Cold River bilan boğliq bölgan raqamli izlarni qoldirgan.
AQŞ Milliy xavfsizlik agentligi va Britaniya Hukumat aloqalari markazi Cold River faoliyatiga izoh bermagan.
Bu qanday guruh?
Agentlikka intervyu bergan kiberxavfsizlik böyiça mutaxassislarning ta’kidlaşiça, Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi boşlangandan beri Cold River’ning faolligi sezilarli darajada oşgan.
AQŞ laboratoriyalariga birinçi kiberhujumlar Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Atom energiyasi böyiça agentligi (MAGATE) missiyasi Rossiya qöşinlari tomonidan bosib olingan Zaporijjya atom elektr stansiyasiga borgandan köp ötmay boşlangan.
MAGATE missiyasining maqsadi xavfsizlikni ta’minlaş va iloji bölsa, stansiya atrofida demilitarizatsiya qilingan hududni taşkil qiliş edi.
Cold River 2016 yilda Buyuk Britaniya Taşqi işlar vazirligi tizimlariga qilingan hujumdan söng Ğarb ekspertlari e’tiboriga tuşgan va öşandan beri, ekspertlarning fikriga köra, bir neça önlab axborot operatsiyalarida iştirok etgan.
2022 yil may oyida Cold River MI-6 (Secret Intelligence Service) Britaniya razvedka xizmati sobiq rahbarining elektron poçta xabarlarini e’lon qildi. Iyul oyida esa, Litva hukumati Kaliningrad viloyatidan Litva hududi orqali Rossiyaga tovarlar taşişni bloklaganidan köp ötmay, Litva hukumati veb-saytlariga hujum qildi. Öşanda taniqli rus hakerlik guruhlaridan birining Telegram kanalida nişonlar röyxati bilan birga, Litva davlat muassasalariga hujum qiliş uçun çaqiriq paydo bölgandi.

















