Kremlning Donald Tramp jamoasi bilan muzokaralari mavzularidan biri Alyaskani sotib oliş masalasi bölgan, demoqda muhokamalarga yaqin manbalar. Taxminlarga köra, AQŞ hudud qiymatining bir qismini (200 milliard dollarni) Rossiyaning ilgari muzlatilgan aktivlaridan olişi mumkin. Bu haqda The Insider yozdi.

Kelişuvning umumiy qiymati hozirça aniq emas, biroq u bir neça barobar yuqori böladi, dedi manbalar. Amaldagi loyihaga köra, u yerda yaşovçi 700 ming kişining barçasi Amerika fuqaroligini saqlab qoladi, biroq avtomatik ravişda Rossiya pasportiga ega böliş huquqini oladi.

«Alyaskani Rossiyaga qaytariş referendumsiz imkonsiz, ammo Grenlandiya misolida bölgani kabi, Tramp jamoasi saylovçilarni «sotib olişga» umid qilişi mumkin», deb tuşuntirdi amerikanist Aleksandr Veselovskiy.

«Agar har bir fuqaroga 100 ming dollar tölasangiz, hatto gödaklarni ham qöşib hisoblasangiz, bu taxminan 70 milliard dollarga tuşadi — xarid narxidan bir neça baravar kam. Va Alyaska respublikaçi ştat ekani va u yerda Trampga işonç katta ekani hisobga olinsa, jamoatçilik fikrini manipulyatsiya qiliş qiyin bölmaydi. Biroq, Respublikaçilar partiyasi yetakçilarini bunga rozi qiliş ança murakkab böladi», deb tuşuntirdi u.

Ham Rossiya, ham Amerika manbalari Alyaskani sotişning asl sababi pul emas, balki tabiiy resurslardan foydalanişda ekani haqidagi fikrga qöşiladi. Hozir konlarning özlaştirilişi Amerikaning atrof-muhit himoyasi qonunlari bilan çeklangan va bundan taşqari, AQŞ va Rossiya örtasida Amerikaning kontinental şelfga da’volari hajmi böyiça kelişmovçiliklar mavjud.

«Dastlabki reja şunçaki ekologik çeklovlarni olib taşlaş va Amerikaning qit’a şelfi ölçamiga oid da’volari kengayişi bilan Rossiyaga qarşi turiş edi», deb tuşuntirdi Tramp ma’muriyatiga yaqin manba.

«Ammo bu AQŞda yangi sud jarayonlariga va Rossiya bilan munosabatlardagi yana bir mojaro nuqtasiga olib kelgan bölardi, şuning uçun oddiyroq yeçim Rossiya kompaniyalari bilan birgalikda konlarni özlaştiriş böyiça oldindan kelişib olgan holda uşbu hududni Moskva yurisdiksiyasiga ötkaziş edi. Ayniqsa rossiyalik biznes 2018 yildan beri Alyaskada neft va gaz qazib oliş bilan şuğullanayotgani sababli, bu qandaydir yangilik emas. Natijada çeklovlardan qoçib, yarim trillion dollar işlab topiş mumkin», dedi u.

AQŞ Demokratik partiyasi allaqaçon Alyaskani sotiş loyihasini milliy manfaatlarga xiyonat deb atadi va buni Tramp özining asosiy homiylari bölgan toğ-kon kompaniyalari manfaatlarini közlab amalga oşirayotganini ta’kidlamoqda.

Bu nafaqat Alyaska aholisiga, balki butun sayyoraga zarar yetkazadi: ekologiya çeklovlari global isişga qarşi kuraşning bir qismi sifatida amalga oşirilgan. Şunday bölsa-da, Tramp atrofidagilar demkoratlarning qarşiligi katta bölmasligiga umid qilmoqda, çunki bir ştatning yöq bölişi keyingi saylovlarda ularning foydasiga xizmat qilişi mumkin.

Qayd qilinişiça, bu Alyaska böyiça AQŞ-Rossiya muzokaralarining uçinçi marta ötkazilişi: bundan oldin, hududni sotiş rejasi 2015 yilda jiddiy muhokama qilingan edi. Hatto 600 milliard dollar miqdoridagi qiymat aytildi, biroq neft narxining keskin tuşib ketişi muzokaralarga tösqinlik qildi. Bundan oldingi muzokaralar 2008 yilda bölib ötdi, ammo xalqaro moliyaviy inqiroz hammasini barbod qildi.

Bu safar muzokaraçilar ijobiy kayfiyatga ega, çunki işda iqtisodiy manfaatlar ham, siyosiy imkoniyatlar ham birlaşdi: Tramp uçun navbatdagi oraliq saylovlar oldidan Kongress orqali bunday bahsli siyosiy qarorlarni ötkazib oliş qiyin bölmaydi.

1799-1867 yillarda Alyaska va unga tutaş orollar Rossiya imperiyasiga tegişli «Rus-amerika kompaniyasi» nazorati ostida edi. Qrim uruşi davrida Uzoq Şarqdagi harbiy harakatlar Rossiya imperiyasining şarqiy yerlari va ayniqsa Alyaskaning mutlaq zaifligini körsatdi. Yaqin kelajakda himoya qiliş va rivojlantiriş imkonsiz bölgan hududni behuda yöqotmaslik uçun Rossiya uni sotiş töğrisida qaror qabul qildi.

Alyaskani sotiş şartnomasining imzolanişi 1867 yil 30 martda Vaşingtonda bölib ötdi. Maydoni 1 million 519 ming km² bölgan hudud 7,2 million dollarga sotildi, ya’ni 1 km² uçun 4,74 dollarga. Şu yilning 18 oktyabrida Alyaska Qöşma Ştatlarga ötkazildi.