RFPI bosh direktori Dmitriyev muzokaralar uchun AQShga tashrif buyurishi mumkin
Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev shu hafta AQSh rasmiylari bilan Ukraina bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Vashingtonga borishi mumkin, deb xabar bermoqda OAV. Rossiya rasmiysining o‘zi bu ma’lumotni na tasdiqladi, na inkor etdi.

Foto: Global Look Press
Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (RFPI) rahbari Kirill Dmitriyev shu hafta Vashingtonga tashrif buyurib, AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan Ukraina bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishi mumkin. Bu haqda 2 aprel, chorshanbaga o‘tar kechasi Reuters agentligi va Amerikaning CNN telekanali manbalarga tayanib xabar berdi.
Ularning ta’kidlashicha, Dmitriyevning tashrifi Rossiyaning 2022 yil fevralida Ukrainaga bostirib kirishidan keyin yuqori martabali rossiyalik amaldorning Vashingtonga birinchi tashrifi bo‘ladi. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh hukumati Davlat departamenti unga kirish vizasi berishi uchun Dmitriyevga qarshi sanksiyalarni vaqtincha bekor qilgan.
RFPI rahbari AQShda tahsil olgan va ishlagan, yaqinda Ar-Riyodda Amerika delegatsiyasi bilan muzokaralarda ishtirok etgan. CNN ta’kidlaganidek, aynan Dmitriyev Uitkoff bilan AQSh fuqarosi Mark Fogelni Rossiyadan ozod qilish ustida ishlagan.
Dmitriyevning o‘zi CNN'ning bo‘lajak tashrif haqidagi materialini X ijtimoiy tarmog‘ida qayta joylashtirdi va uni quyidagicha izohladi: «Balki. AQSh va Rossiya o‘rtasidagi muloqotga qarshilik haqiqatdir — bunga mustahkam manfaatlar va eskicha qarashlar sabab bo‘lgan. Ammo munosabatlarni yaxshilash global xavfsizlik va tinchlik uchun kerak bo‘lsa-chi?» Xabar oxirida amaldor tumshug‘ida zaytun novdasi bo‘lgan, tinchlik ramzi hisoblanuvchi oq kaptarning emodzisini qo‘yib qo‘ygan.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallari tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:11
-
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00
-
Ukraina Rossiya hujumini kutib, kuchlarini Sumiga o‘tkazmoqda
Jahon | 09:50
-
Intellektual mulk sohasida yangi ko‘krak nishoni ta’sis etiladi
O‘zbekiston | 09:31
Mavzuga oid

01:04
Reuters: Trampning maxsus vakili Oq uyga Kremlning pozitsiyasini yetkazdi

23:09 / 11.04.2025
Tramp davrida federal budjet xarajatlari 154 mlrd dollarga oshdi

22:13 / 11.04.2025
Tramp tariflari investorlarning AQSh obligatsiya bozorlaridan qochishiga olib keldi

20:19 / 11.04.2025