Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istondan O‘zbekistonga pul jo‘natish hajmi kamaydi
2022 yil 11 oyida Qozog‘istondan O‘zbekistonga 276 milliard tenge jo‘natilgan.
Foto: Reuters
2022 yil yanvar-noyabr oylarida jismoniy shaxslar Qozog‘istondan xorijga qariyb 1 trillion tenge mablag‘ o‘tkazgan. Ularning yarmidan ko‘pi O‘zbekiston va Turkiyaga jo‘natilgan, deb xabar berdi Ranking.
2022 yilda xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali Qozog‘istondan xorijga 962,7 mlrd tenge jo‘natilgan. Bu 2021 yilning mos davriga nisbatan 4,5 foizga ko‘pdir.
Shundan O‘zbekistonga 276 milliard tenge, Turkiyaga esa 250,5 milliard tenge yuborilgan. Shu bilan birga, O‘zbekistonga pul jo‘natish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 0,9 foizga kamaygan, Turkiyaga esa 32,4 foizga o‘sgan.
Shuningdek, xorijga jo‘natilgan pul mablag‘larining 76,7 foizi «Zolotaya Korona» tizimi orqali yuborilgan. Bu 738,5 milliard tenge demakdir. Undan keyingi o‘rinlarda Contact (128,9 milliard tenge) va Western Union (59,9 milliard tenge) tizimlari turadi.
Mavzuga oid
17:15 / 07.03.2026
Qozog‘istonda «Pervyy» va boshqa Rossiya telekanallari namoyishi to‘xtatildi
13:45 / 07.03.2026
O‘zbekiston mahalla tizimi Britaniyada qiziqish uyg‘otdi
13:24 / 07.03.2026
Suv tanqisligining oldini olish uchun yangi choralar qabul qilindi
12:16 / 07.03.2026