Yevropa Ittifoqi va NATO hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida bayonot imzolaydi
NATO va Yevropa Ittifoqining birinchi shaxslari 10 yanvar kuni hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi bayonotni imzolamoqchi. Bu, NATOning kelajakdagi kengayishi kabi - Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli harbiy bosqinining natijasi.
NATO va Yevropa Ittifoqi, Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan qurolli tajovuzi sharoitida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaror qildi. «Biz duch kelayotgan xavfsizlik tahdidlari va muammolari tobora kengayib borar ekan, hamkorligimizni yangi bosqichga ko‘tarmoqdamiz», deya 10 yanvarda Bryusselda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen va YeI kengashi rahbari Sharl Mishel tomonidan imzolanishi rejalashtirilgan qo‘shma bayonotdan iqtibos keltiradi AFP agentligi.
Ushbu hujjatga ko‘ra, NATO va Yevropa Ittifoqi Rossiya va Xitoy bilan «o‘sib borayotgan geostrategik raqobat»da, muhim infratuzilmani himoya qilishda o‘z harakatlarini yanada yaqinroq muvofiqlashtirish, shuningdek, kosmik tadqiqotlar, iqlimga qarshi kurashda yaqinroq hamkorlik qilish niyatida. Bundan tashqari, chet eldan «axborot va aralashuvlar manipulyatsiyasi»ga qarshi kurashish mo‘ljallanmoqda. Bayonotda Rossiya Ukraina bilan urushni zudlik bilan tugatishga chaqirilgan.
Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinidan so‘ng, Shvetsiya va Finlandiya Shimoliy Atlantika ittifoqiga qo‘shilish tartibini boshladilar. Har ikki davlat tegishli rasmiy arizani 18 may kuni topshirdi. NATOga a’zo 30 davlatning barchasi a’zolik haqidagi qarorni ratifikatsiya qilishi kerak. Shu kungacha ularning 28 tasi bu ishni amalga oshirdi. Turkiya va Vengriya hozircha ratifikatsiya qilishdan o‘zini tiyib turibdi.
Mavzuga oid
22:39 / 04.11.2024
Xitoy Yevropa Ittifoqi bilan elektromobillar bo‘yicha «savdo urushiga» kirishdi
17:30 / 04.11.2024
YeIda NATOga qo‘shimcha ravishda xavfsizlik va mudofaa ittifoqini tuzish taklif etildi
09:30 / 01.11.2024
RF TIV Ukrainaning NATOga a’zoligi bo‘yicha «nemis modeli»ni rad etdi
01:00 / 31.10.2024