Ayniqsa ötgan 2022 yilda bunday voqealar juda köpaygan tuyuldi. Yil boşida Toşkent hayvonot boğida bir ayol öz qizini ayiq oldiga taşlab yubordi. Oxirgisi Samarqandda ayol çet davlatdagi eriga jahl qilib, bolasini urib video olgan va uni eriga jönatgani böldi.
Heç bir ayol öz-özidan farzandini bu holga solmaydi
Ra’no Turdiboyeva, Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi örinbosari:

— Darhaqiqat, bu holatlar ayollarning kayfiyatini bildiradi. Bunday holatlar önlab uçraydi. Biz har bir holatni örganib körganimizda, sabablar ayolning atrofidagi muhitga taqalyapti. Heç kim öz-özidan farzandini yoki özini bu holga solmaydi.
Şunday oilalar borki, bir qaraganda, muammosi yöqdek körinadi. Ammo ayolning içida yiğilib qolgan muammolar böladi va bir kuni portlaydi. Portlagaç, u özining boşqalar oldida ojizligini his qiladi va faqat bolasiga kuçi yetadi, oqibatda butun jamiyatga bölgan alamini farzandidan oladi. Oxirgi bölgan Samarqanddagi holatda ham hali yoş qizning törtta, erining oldingi turmuşidan farzandi bilan hisoblansa beşta farzandi bor, bu degani u maktabni bitiriboq turmuşga çiqqan. Biror kasbi yöq. Şu holatda eriga qaram, çidaşga majbur. Ajraşib ketsa, bolalarini qanday boqişni öylaydi. Şuning uçun ham ayollar bu noxuş holatlarni oxirgi yeçim deb bilyapti.
Şu örinda bir statistikani aytib ötmoqçiman. Voyaga yetmagan, ya’ni ön sakkiz yoşga tölmagan qizlarga nisbatan zöravonlik qiliş holati 456 tani taşkil etadi. Şularning yarmidan köpi esa oilaviy zöravonlik. Bu ma’lumot qayd etilgani, xolos, qançadan qançasi qayd etilmagan.
Bahodir Qahhorov, Oila va xotin-qizlar qömitasi bölim boşliği:

— Jinoyat qilgan insonga jazo bor, albatta. Bu vaziyatlarda barça ayollar qonun doirasida jazolangan. Ulardan qolgan farzandlariga nisbatan qonun tomondan yönalişlar belgilangan: yaqin qarindoşlar vasiyligiga ötişi yoki vasiy tayinlanişi. Maktab yoşidagi bola bölsa, u bilan maktab psixologi, maktab yoşiga yetmagan bölsa, şifoxonalardagi psixologlar u bilan şuğullanişi belgilangan.

















