Tuğruqdan keyingi depressiya – inkor etib bölmas omil

Psixolog Rozaliya Gabdulhakovaning ta’kidlaşiça, aslida ota-onalar öz farzandini öldirib qöyişi butun dunyoda uçraydi va bola aynan ona tomonidan öldirilişi böyiça 20 ta mamlakatning qonunlarida alohida moddalar kiritilgan.

— XX asr boşlarida köplab davlatlar onada tuğruqdan keyin depressiya bölişini tan olişganidan keyin, hatto 1 yoşgaça bölgan farzandini öldirganlarga yengilroq jazo qöllaşni ham joriy etişgan.

Jinoyat bilan boğliq holatlarda işlovçi psixiatrlarning ta’kidlaşiça, hozirda özining farzandini öldirayotgan ayollar soni köpaymagan, ular doim bölib kelişgan. Şunçaki, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda ular haqidagi xabarlar ommalaşgani uçun köproq körinişmoqda.

Biroq öz farzandini öldirmagan bölsa-da, ularga jismonan oğriq berayotgan, zulm körsatayotgan ayollarning soni ham juda köp. Barça yoşdagi ayollarning özidan ojiz bölganlarga nisbatan vaxşiyliklar qilib qöyişining bir neçta sabablari bor.

Birinçisi, albatta, ayollarning ruhiy holati. Ayollar tabiatan emotsiyaga beriluvçan bölgani va tuğruqdan keyin turli jarayonlar, gormonal özgarişlar bölgani sabab ularda depressiyaga tuşiş holatlari kuzatiladi. Aslida, ayol qançalik soğlom va aqlli bölmasin, farzandli bölganidan söng, uning ruhiy holatida birmunça özgarişlar kuzatilişi tabiiy. Ona ruhan nosoğlom bölişi, depressiyaga berilib, harakatlari adekvat bölmay qolişi mumkin.

“Köp narsaga birinçi bölib ayollar aybdor qilinadi”

Ruhşunosning sözlariga köra, aynan özbek jamiyatiga xos alohida omillar ham bor.

— Masalan, oiladagi muhit. Bizning xonadonlarda onaning onalikdan taşqari, kelinlik vazifasi ham bor. Bunda ularga judayam köp jismoniy mas’uliyatlar yuklanaveradi. Aksar holatda ayollarimizning dam olişi, uxlab olişi uçun ham imkoniyati bölmaydi.

Uy bekalarimizda töğri ovqatlaniş, vaqtida kerakli narsalarni yeyiş, tuşkunlikka tuşmaslik, hayotdan hafsalasi pir bölmasligi uçun har kungi bir xil işdan çalğiş imkoniyati ham bölmaydi. Aytaylik, biror joyda işlaydigan odam haftada 5 kun işlasin, şanba va yakşanba kunlar dam olişga imkoniyati böladi. Uyda ötiradigan ayollar esa oylab, yillab bir joyda, bir xil işni qilişiga töğri keladi, şuning oqibatida ruhiy holatlari barqaror bölmay qoladi.

Afsuski, jamiyatimizda bunga qöşimça ravişda ayolga bosim böladigan holatlar yöq emas. Misol uçun, ayol uyda kelinlik, onalik vazifalari bilan band bölib yurganida turmuş örtoği bilan böladigan muammolarda ham köpinça ayollarimiz ayblanadi. “Ering xiyonat qildi, sen özing aybdorsan, ering pul topmayapti, sen aybdorsan”, qabilida qöyiladigan talablar juda köp. Dastlab mas’uliyatini kötara olmagan ayollar jamiyat bosimi ostida yanayam tuşkunlikka tuşib boraveradi.