Ijtimoiy tarmoqlarda Urgut tumanida ayol öz bolasini ayamasdan urgani tasvirlangan video tarqaldi. Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, bolani şafqatsizlik bilan urgan ayolga jinoyat işi qözğatilgan.

Hodisa 2022 yil 24 dekabr kuni Urgut tumani Vatak mahallasida sodir bölgan. Ayol işlaş maqsadida Rossiyaga ketgan eri bilan telefon orqali gaplaşgan va özaro muloqot davomida ular örtasida kelişmovçilik kelib çiqqan.

Şundan söng, ayol eriga jahl qilib, özining voyaga yetmagan farzandini urib, holatni telefon apparatida videotasvirga olib, videoni turmuş örtoğiga yuborib, voyaga yetmagan farzandlarini öldiriş bilan qörqitgan. Holat guvohi bölgan ayolning qaynonasi IIBga murojaat qilgan.

Urgut tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (muttasil ravişda döpposlaş yoki boşqaça harakatlar bilan qiynaş) 2-qismi va 112-moddasi (öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Qayd etilişiça, hozirda jabrlanuvçi bolaning ahvoli yaxşi bölib, u şifokorlar kuzatuvida. Jinoyat işi viloyat IIB tomonidan nazoratiga olingan.