Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Biznes-ombudsmanning budjetdan tashqari jamg‘armasi tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining budjetdan tashqari jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Biznes-ombudsman devonining budjetdan tashqari jamg‘armasi tashkil etilmoqda va tegishli nizom tasdiqlanmoqda.
Jamg‘arma mablag‘lari: Biznes-ombudsman devonining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash; xodimlarni moddiy rag‘batlantirish, o‘quv kurslarida o‘qitish uchun sarflanadi.
Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Biznes-ombudsman tomonidan qo‘llanilgan jarimalar summasi hamda rasmiylashtirilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar asosida sudlar tomonidan qo‘llanilgan jarima summasining 100 foiz miqdori;
texnik ko‘maklashish mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlarning grantlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar.
Jamg‘armaga rahbarlik qilish va mablag‘larni sarflash masalalari jamg‘arma kengashi tomonidan amalga oshiriladi, Biznes-ombudsman kengash raisi hisoblanadi.
Mavzuga oid
21:46 / 31.12.2025
Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va ta’mirlash jamg‘armasi tashkil etiladi
13:02 / 27.12.2025
Abdumannop Bo‘riyev biznes-ombudsman lavozimiga tayinlandi
08:36 / 27.12.2025
Hukumat zaxira jamg‘armasi va maqsadli jamg‘armalar transfertlari qayta belgilanadi
09:07 / 11.12.2025