Toşkent şahridagi tungi klub oldida zöravonlik qilgan Akmal Şukurov jinoiy jazoga tortildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, JIB Mirzo Uluğbek tuman sudida Akmal Şukurovga oid jinoyat işini birinçi instansiyada körib çiqiş böyiça sud jarayoni yakunlangan. Sudning hukmiga köra, Akmal Şukurov Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) 2-qismi “ye” bandi, 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilangan.
Sud hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toşkent şahar sudining jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atiga apellyatsiya/kassatsiya tartibida şikoyat beriş va protest keltirişga haqliligi ma’lum qilingan.
Akmal Şukurov 2025 yil 16 martga ötar keçasi, tungi soat 2:30 atrofida Toşkent şahri Yakkasaroy tumanida joylaşgan restoranlardan birida muştlaşuv sodir qilgandi. U özining tanişi, 40 yoşli Xurşid bilan örtada kelib çiqqan nizo sababli özaro janjallaşgan. 35 yoşli Boris esa ularni ajratişga harakat qilgan vaqtida Akmal uni urib tan jarohati yetkazgan.
Zarbadan keyin Boris boş miya jarohati, öng yuzidan lunji yirtilgan jarohati va spirtdan zaharlaniş taşxisi bilan şifoxonaga yotqizilgan. Yaqinlari unda tezkor ravişda 5 soatlik miya trepanatsiyasi operatsiyasi ötkazilganini, söngra sun’iy komaga tuşirilganini aytgan.
Voqea joyidan qoçib yaşiringan Akmal Şukurov köp ötmay Qozoğistonda qölga olingandi.

















