Beşinçi farzandimga homiladorligimda turmuş örtoğim olamdan ötdi... Bağrimda beş bola. Kattasi 2-sinf, qolganlari hali kiçkina. Qölimda na diplomim na hunarim bor”.

Öng qöling berganini çap qöling bilmasin, deyişadi. Hayotda şunday insonlar borki, uşbu gapni özlari uçun şior qilib olişgan. Ehtiyojmand odamlarga beminnat yordam berişadi.

Hatto yordam olayotgan inson ham uning ehson ekanini bilmaydi. Bu galgi hayotiy hikoyamiz ham xuddi şunday saxovatpeşa inson haqida.

“18 yoşimda, maktabni bitirar-bitirmas uzatib yuborişdi. Qölimda na hunarim na diplomim bor. Faqat uy işlari, pişir-kuydirni bilardim xolos.

Töyimiz 1990 yil keç kuzda bölib ötdi. Turmuş örtoğim yolğiz farzand edi, ota-onalari 15 yil farzand kutib, tilab-tilab olgan öğillari. Töydan keyin turmuş örtoğim 2-3 ta örtoqlari bilan biznes qilaman deb Moskvaga qatnay boşladilar.

Men uyda, qaynona-qaynotam bilan qoldim. Menga munosabatlari yaxşi edi, heç kim xafa qilmasdi. Könglimga qaraşardi. Tezroq farzand körişimni judayam xohlaşardi.

Turmuş örtoğim ham, men yolğizman, şuning uçun bolalarimiz köp bölişini xohlayman, kamida beşta bölsin, uyimiz bolaga tölişi kerak, derdilar. Birin-ketin farzandlarimiz tuğildi, turmuşimga yetti yil bölganda tört nafar ketma-ket tuğilgan 3 qiz bir öğilning onasi edim.

1999 yil. Beşinçi farzandimga homilador vaqtimda dadasi yana biznes uçun Moskvaga ketgandilar. Har safar bir oy qolib ketardilar. Bu gal esa 15 kunda keldilar. Aniqroği jasadlarini olib kelişdi...

Keçasi rulga ötirib, uxlab qolganlar, maşina katta yuk maşinasining tagiga kirib ketgan. Öşa kunlarni yaxşi eslolmayman, dodlayverganimdan tinçlantiruvçi ukol qilib uxlatib qöyaverişgan. Vaqtidan avval tuğib qöyadi deb janozadan keyin tuğuruqxonaga yotqizişdi.

Heçam yaşagim kelmasdi, hayotim mazmuni yöqoldi, endi menam ölsam böladi, bolamam tuğilmasayam mayli, degan şakkok fikrlargayam borardim. Lekin könglimning bir çetida 4 ta qoraközim ham otasiz, ham onasiz qoladimi, degan fikr tinçlik bermasdi.

Yiğlayverganimdan közimda yoş qolmasdi, majburlab ovqat yedirişardi. Xullas, beşinçi farzandim, öğlim, dadasidan yodgorim tuğildi. Bir özim bolamni bağrimga bosib tuğuruqxonadan çiqdim. Çol-kampir çökib qolişgan, ikkovlaşib pana-panada yiğlaşadi.