Nega Özbekistonda ijtimoiy fanlarga qiziquvçilar köproq? – tabiiy va aniq fanlarni qiyinlaştirayotgan sabablar
|15:59 / 29.01.202326 84810 min
Laboratoriyalar yetişmovçiligi, tabiiy fanlar talab etiladigan kasblar maoşi yuqori emasligi, darslar qiziqarli ötilmasligi, öquvçilar öqişga kiriş uçun yodlaşga örganib qolgani va boşqa sabablar kimyo, biologiya, fizika, matematika kabi fanlarning öquvçilar uçun qiyin bölib qolişiga sabab bölmoqda.
Maktab ta’limi inson umrining eng muhim bosqiçi hisoblanadi. Aynan mana şu davrda bolalar kelajakda aynan qaysi kasb egasi bölişlari haqida tanlov qilişadi va şu fanni yaxşi özlaştiriş uçun harakat qilişadi.
Yigirma birinçi asrda mehnat bozorida xaridorgir böliş uçun STEM fanlarini (bu töplam içida kimyo, biologiya, fizika, matematika fanlari bor) yaxşi biliş kerak. Lekin bizda hanuz ijtimoiy fanlar: tarix, ona tili, çet tiliga qiziqiş va uni örganişga talab yuqoriroq bölib qolmoqda.
Nega bunday deb hisoblaş mumkin?
Maktab bitiruvçilari qiziqişlarini baholaş uçun asosiy statistikalarni sobiq Davlat test markazi – hozirgi Bilim va malakalarni baholaş agentligi ötkazadigan kiriş imtihonlari natijalarini körib çiqiş mumkin.
Kiriş imtihonlarida maksimal ball – 189,0 bölsa, Toşkent davlat yuridik universitetiga grant kirganlar ayni şu ballni töplay olişgan. Bu OTMga kiriş uçun ötiş balli ham 186 balldan kam bölmagan. OTMga kiriş uçun abituriyentlar tarix va çet tili – ijtimoiy fanlardan imtihon topşirgan. Natija yuqoriligi raqobat ham şunga yaraşa bölganini körsatadi.
Toşkent axborot texnologiyalari universiteti uçun esa kiriş imtihonlarida asosiy fan matematika hisoblanadi va universitetda “Sun’iy intellekt”, “Kiberxavfsizlik” kabi zamonaviy yönalişlar mavjud. Biroq OTMga ötiş ballida eng yuqori ball 172,2 ballgaça çiqqan. Yuridik universitet bilan soliştirsa, nisbatan past.
Kimyo va biologiya fanlaridan imtihon olinadigan Toşkent tibbiyot akademiyasida ham eng yuqori ball 180 ga yetmagan.
Bu raqamlarning özi bilangina ijtimoiy fanlarga qiziqiş yuqoriligini xulosalaş töğri emasdir, lekin nufuzli OTMlar röyxatida yuridik universitetlar, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti borligini ham hammamiz bilamiz. Tabiiy fanlardan imtihon olinadigan OTMlarning obröyi esa u qadar baland emas.
Nega?
Mavzu böyiça feysbuk ijtimoiy tarmoği orqali foydalanuvçilar fikrini örganişga harakat qildik. “Nega öquvçilarning ijtimoiy fanlarga qiziqişi yuqoriroq?” degan savolimizga tarmoq foydalanuvçilari keltirgan sabablarning asosiylari quyidagilar:
Mavzuga oid
Maktablarda amaliy fanlarni örganiş uçun laboratoriyalar şaroitlari yaxşi emas;
Aniq va tabiiy fanlarni öqitiş metodlari ustida işlaş kerak;
Darsliklar murakkab, ular sodda va tuşunarli emas;
Özbekiston mehnat bozorida aniq va tabiiy fanlar talab qilinadigan kasblarning daromadi yuqori emas;
Öqituvçilar malakasi yetarli emas;
Uyda ota-onalarning bolalari bilan aniq va tabiiy fanlardan şuğullaniş uçun bilimi yetarli emas.
“Bilim pulga aylanişi kerak...”
Respublika ta’lim markazi direktori örinbosari, matematika fanidan öquvçilarga dars bergan Isroil Tillaboyev ijtimoiy fanlarga qiziqiş nima sababdan baland ekani haqidagi savolimizga bu tanlanadigan kasb obröyi va u keltiradigan daromad bilan boğliq deb javob berdi.
“Jamiyatda qaysi soha egasi yaxşi yaşasa, odamlarda öşa sohaga oid fanga qiziqiş kuçayadi. Masalan, 60-70 yillarda qaysi maktabga kirib öquvçilardan “Qaysi kasb egasi bölasan”, deb söralsa, ularning aksari “Kosmonavt bölaman”, deb javob berganini katta avlod vakillari gapiradi. Hozir esa qaysi bola kosmonavt bölaman, deydi? Yöq, menimça, hozir bolalarning aksari 90 yillardan buyon yaşaş şaroiti va mavqeyi yaxşi bölib kelayotgan soha kasblarini sanaydi: “Prokuror bölaman, sudya bölaman yoki huquq-tartibot organi xodimi bölaman”, deb javob beradi. Ijtimoiy fanlarga talab oşişiga birinçi sabab – şu. Va bu fanlarda raqobat kuçaydi, raqobat kuçaygani bilimni kuçliroq egallaş majburiyatini yuzaga keltirdi”, deydi Isroil Tillaboyev.
Uning fikriga köra, odamlarning bilim ortidan pul topişga harakat qilişi – tabiiy holat. Şu sababdan ham matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlaridan iqtidorli bölib, şu fanlar yönalişidagi OTMlarni bitirayotgan yoşlar hozir öquv markazlarida dars berib yaxşi pul topişni közlamoqda. Bu fanlarda ilm bilan şuğullanayotganlarning daromadi esa unçalik yaxşi emas. Daromad pastligi esa bolalarning öqişga bölgan qiziqişini pasaytiradi.
“Masalan, axborot texnologiyalari yönalişida yoşlar bilimni pulga aylantirişni öz közlari bilan körmoqda. Natija nima bölmoqda, hozir axborot texnologiyalari fanini öqituvçilar kömagida va hatto mustaqil örganişga talab oşib ketdi. Bu degani mazkur fandan bilim sifati ham tabiiyki kötarildi. Xulosa şuki, qaçonki bilimni pulga aylantiriş imkoniyati bölsa, ayni öşa fanlarni yoşlar iştiyoq bilan, kerak bölsa mustaqil izlanib ham yaxşi özlaştiradi”, deydi Isroil Tillaboyev.
Qiziquvçanlikni söndirib qöymaslik kerak
Maftuna Badalova, Xalqaro kimyo olimpiadasi kumuş medali sohibi:
Bolalar juda qiziquvçan böladi, köp savollar berişadi. Masalan, ular “Nega öt yaşil?” deb söraşi mumkin. Kattalar bu savolga qanday javob beradi: “Kim bilsin?”, “Bunday savollarni berişni bas qil” va şu kabi.
Lekin bu savol öylab qarasak, fundamental biologiya, biokimyo nazariyalarini qamrab oladi. Agarda kattalar “Bu juda qiziq savol, lekin men ham javobini bilmayman, balkim birga javobini aniqlarmiz” yoki, “Bu savolning javobini heç kim bilmaydi, balkim katta bölganingda aynan sen uning javobini toparsan”, deb javob berganida, ança yaxşiroq bölardi deb öylayman. Boladagi qiziquvçanlikni söndirmaslik kerak. Qiziquvçanlik sönsa, u örganişdan töxtaydi.
“Bizda amaliyotda qöllaş uçun emas, test yodlaş uçun öqiş kuçli...”
Aziza Abduvaliyeva, Xalqaro biologiya olimpiadasi oltin va bronza medallari sohibi:
Ijtimoiy fanlarga qiziqişning kuçliligi fanlar mohiyati bilan boğliq, deb öylayman. Masalan, ijtimoiy fanlarda, asosan, yodlaş kerak bölsa, biologiya, kimyo, fizika kabi fanlarda nazariyani bilişdan taşqari uni hayotdagi turli vaziyatlarda qöllay oliş ham kerak. Bu esa öquvçidan öz ustida doimiy işlaşni talab qiladi.
Maktab öquvçilarining asosiy qismi fanlarni DTM testlarini yeçiş uçun yaxşi özlaştirişga harakat qiladi. Agar ular yodlab testda yaxşi natija körsatiş örniga fan mohiyatini anglaşga harakat qilganda aniq va tabiiy fanlarga qiziqiş yuqoriroq bölardi.
Bundan taşqari, aniq va tabiiy fanlarni yaxşi örganiş uçun resurslar ham muhim öringa ega. Resurslarga jihozlar, ma’lum apparatlar, körsatiladigan manba va tajribalarda işlatiladigan asbob-uskunalar kiradi. Fanlarni öqitişda köproq köz bilan körib, tasavvur bera oladigan usullardan, laboratoriya maşğulotlaridan foydalaniş kerak.
Hozir öqiş bilan birga biologiya fanidan dars ham beryapman. Oxirgi 2 yilda kimyo va biologiya fanidan darsliklar ança özgardi. Ularni takomillaştirib boriş bilan birga öquvçilarga darsliklar bilan qanday işlaşni, qöşimça mustaqil örganiş zaruratini ham örgatib boriş kerak. Masalan, ba’zi öquvçilar yangilangan darsliklar haqida “eski darsliklar yaxşiroq edi, ularda ma’lumot köp edi”, degan fikrni aytişadi. Sababi ular darsliklardagi qora ştrixlarda körsatilgan sonlarni yodlaşga örganib qolgan. Berilgan qiziqarli ma’lumotlar asosida internetdan qöşimça ma’lumotlar topib öqişga, “self-study” qilişga hali örganmagan.
Laboratoriya şaroitlari qanday?
Ta’lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi (ayni paytda tugatilgan) örganişlariga köra, respublika böyiça 10 130 ta maktabning 9 061 tasida fizika kabineti bor. Biroq uning 1 033 tasi jihozlanmagan. 10 mingdan oşiq maktabning 8 810 tasida kimyo laboratoriyasi bor va uning ham mingdan oşiği jihozlanmagan. Respublika böyiça 8 103 ta maktabda biologiya kabinetlari bor va ularning 1 206 tasi jihozlanmagan.
Raqamlar mingdan oşiq maktablarda kerakli fan laboratoriyalari yöqligini, borlarining ham yana mingdan oşiği kerakliça jihozlanmaganini körsatadi. Aniq va tabiiy fanlarni yaxşi özlaştirişni esa yaxşi laboratoriyalarsiz tasavvur qilib bölmaydi.
Dunyo kasblarining kelajagi kimyo, fizika, biologiya, matematika, informatika kabi fanlarni öz içiga olgan STEM fanlari bilan boğliq bölib turgan hozirgi zamonda laboratoriyasiz maktablar öşa maktablarda öqiyotgan bolalarning fanni özlaştirişga bölgan potensialini qançalik pasaytirişga “hissa qöşayotganini” baholab çiqiş zarurdir balki.
Osiyo taraqqiyot banki vakili Eysuke Tajima Ta’lim inspeksiyasi bilan ötkazilgan uçraşuvlardan birida Özbekistonda STeM fanlarini öqitiş imkoniyatlari haqida gapirib, buning uçun, maktablarda fizika, kimyo, biologiya laboratoriyalarini köpaytiriş, modernizatsiya qiliş va ta’lim muassasalarini internet bilan töliq ta’minlaş va aloqa sifatini oşiriş zarurligini qayd etgan.
Zamonaviy dunyodan ortda qolib ketmaslik uçun aynan aniq va tabiiy fanlarni yaxşiroq öqişlari uçun öquvçilarga şaroit qilib beriş, ijtimoiy fanlarni özlaştirişda yuzaga kelgan raqobat bu fanlarda ham paydo bölişiga turtki beriş, ularning potensialini yuzaga çiqarişlariga 100 foizlik imkon beriş – ta’lim tizimizning asosiy vazifasi. Bu vazifa bajarilgunça aniq va tabiiy fanlarni yaxşi özlaştirmagan bitiruvçilar soniga son qöşilmasa bölgani.