O‘zbekiston | 21:52 / 29.01.2023
27647
2 daqiqa o‘qiladi

Nukusdagi 4 qavatli uyda gaz portladi

Ikki kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan. Uydagi bir necha xonadonning tom va pol qismlari o‘pirilib, 1-qavatgacha tushgan. Hodisa joyida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

29 yanvar kuni Qoraqalpog‘istonning Nukus shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz chaqnash hodisasi ro‘y berdi. FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra 2023 yilning 29 yanvar kuni soat taxminan 16:15 larda Nukus shahri Temir yo‘l mahallasi 22 kichik tuman 8/1-uyning 4-qavatida joylashgan xonadonlarning birida gaz va havo aralashmasining chaqnashi tufayli portlash sodir bo‘lgan. 

Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, chaqnash oqibatida 2003 yilda tug‘ilgan S.Sh. hamda 2004 yilda tug‘ilgan Z.A. kuyish jarohati olgan.

Respublika tezkor shtabi hodisa yuzasidan batafsil ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, uydagi bir nechta xonadonning tom va pol qismlari o‘pirilib, 4-qavatdan 1-qavatgacha tushib ketgan. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialiga yotqizilgan. 

«Ushbu voqea yuzasidan Tezkor shtab tuzilgan va uning boshchiligida baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan uyda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda, shu jumladan ushbu uyda yashovchi fuqarolar xatlovdan o‘tkazilib, o‘pirilgan tom va pol qismlari ostida fuqarolar bor-yo‘qligiga aniqlik kiritish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. 

Shuningdek, ushbu uyda yashab kelayotgan qolgan fuqarolar evakuatsiya qilinib, vaqtinchalik uy-joy va uch mahal issiq ovqat bilan ta’minlandi», deyiladi xabarda.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Voqea yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Mavzuga oid

E`lonlar

Sharjada o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada "Al-Jabr" maktabi o‘quvchilari yuqori natijalarga erishdi

Kelajak uchun bitim: MARS IT School bolalar uchun IT-ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqyapti

"O‘zbekinvest" kompaniyasi tomonidan "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida Qibray tumanida bog‘ yaratildi

Iteca Exhibitions: 2024-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va xalqaro e’tirofi drayveri

Octobank yana bir bor O‘zbekistonda raqamli to‘lov yechimlari sohasida yetakchi deb topildi

Yandex Uzbekistan O‘zbekistonda endilikda biznes muloqotlarini amalga oshirish uchun Yulduz va Lola ovozlarini taqdim etdi