Samarqand viloyati Iştixon tumanidagi xonadonlardan birida maişiy gazballoni portlagan. Kun.uz’ga kelib tuşgan murojaatga köra, 10 fevral kuni tumanning Dehqonobod mahallasida fuqarolarga tarqatilgan maişiy gazballoni portlaşi oqibatida bir oilaning beş nafar a’zosi oğir tan jarohati olgan.
Hodisa sodir bölgan kuni ikki nafar voyaga yetmagan bola turli darajadagi kuyiş jarohatlari bilan Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filialiga olib kelingan. 12 fevral kuni yana bir voyaga yetmagan bola şu muassasaga yetkazilgan.
Kun.uz manbasi bolalarning ahvoli oğirligini bildirgan. Şuningdek, ularning bobosi va onasi ekani aytilgan ikki kişi Iştixon tuman tibbiyot birlaşmasida davolanayotgani, ularda ham yuqori darajadagi kuyiş jarohatlari borligi ma’lum qilingan.
Portlaşga nosoz gazballoni sabab bölgani taxmin qilinmoqda.
Hodisa joyidan kadrlar mavjud emas. Murojaat muallifiga köra, voqeadan keyin tuman hokimi Fazliddin Röziyev qişloqqa borib, aholini bu xabar ommaviy axborot vositalariga çiqib ketmasligi yuzasidan qattiq ogohlantirgan.
Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boşqarmasi matbuot xizmati uşbu holat haqida ma’lumotga ega emasligini bildirdi. Boşqa rasmiy idoralar ham voqea yuzasidan ma’lumot e’lon qilmagan.
















