Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YuNESKOda O‘zbekiston madaniy merosi taqdim etildi
YuNESKO bosh qarorgohida Oriental Fashion Show 2023 tadbiri ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Tadbir doirasida O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi va YuNESKOdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan Route De La Soie Et Al-Andalus uyushmasi bilan hamkorlikda mamlakat boy madaniy merosi va sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan videorolik taqdim etildi. Unda Samarqandning diqqatga sazovor joylari, nomoddiy madaniy meros noyob elementi bo‘lgan so‘zana yaratish texnologiyasi, Parij moda haftaligi doirasida o‘tkazilgan Oriental Fashion Show 2023 ko‘rgazmasida 24-25 yanvar kunlari muvaffaqiyatli namoyish etilgan o‘zbek dizaynerlari kolleksiyalari haqida hikoya qilingan.
Oriental Fashion Show 2023 ko‘rgazmasi tashkilotchisi, Route De La Soie Et Al-Andalus uyushmasi prezidenti Hind Joudar O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab qilgan sayohati chog‘ida o‘zbek madaniyati va an’analari rang-barangligi va betakror go‘zalligi unda katta taassurot qoldirganini ta’kidladi. Oriental Fashion Show ko‘rgazmasini O‘zbekistonga olib borish va Samarqand markazidagi Registon maydonida ushbu muhtasham tadbirni tashkil etish mening eng ezgu orzumdir», dedi Hind Joudar.
Oriental Fashion Show Sharq mamlakatlari modasi va tikuvchilik mahoratiga bag‘ishlangan dunyodagi birinchi xalqaro ko‘rgazmadir. Anjuman tashkilotchilari ko‘rgazma namoyishlarini Parij, London, Milan, Nyu-York, Moskva, Sankt-Peterburg, Istanbul, Boku, Kuvayt, Doha, Marokash, Dubay va dunyoning boshqa shaharlarida muntazam tarzda uyushtirib keladi.
Mavzuga oid
18:28 / 11.06.2026
Madaniyatga tikilgan pullar, san’atkordan vazirlikka, internet madaniyatchilari – vazir Nazarbekov bilan suhbat
15:09 / 01.06.2026
Spektakl uchun sotilgan har bir chiptaga qo‘shimcha gonorar to‘lanadi
15:07 / 01.06.2026
Prezident: Adabiyot va san’at sohasini qo‘llab-quvvatlashning yangi bosqichi boshlanadi
13:05 / 01.06.2026