NKMK Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikni kuchaytiradi
9-15 fevral kunlari Navoiy kon-metallurgiya kombinati mutaxassislarining bir guruhi Janubiy Koreyaga borishdi. U yerda mamlakatning yetakchi sanoat va yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish kompaniyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Foto: NKMK
Safar davomida kombinatning yuqori malakali mutaxassislari Janubiy Koreyaning misni chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tovarlarni ishlab chiqarish hamda mashinasozlik va stanoksozlik kabi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadigan “PNT INC.”, “KOMA TECH”, “SMART MACHINE Tool”, “HANKOOK Machine Tools” kompaniyalarida bo‘ldilar. Ta’kidlash kerakki, Janubiy Koreya elektronika, robototexnika, avtomobilsozlik, kemasozlik, og‘ir mashinasozlik va sanoatning boshqa yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlari keng miqyosda rivojlangan davlat hisoblanadi.
Janubiy Koreyaning zamonaviy ishlab chiqarish zanjirini to‘liq yo‘lga qo‘yish borasidagi tajribasini o‘rganish maqsadida kombinat mutaxassislari yuqori qo‘shilgan qiymatli tovarlarni ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladigan, qalinligi 6-8 mikronlik mis folgasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan texnologik uskunalarni ishlab chiqaradigan “PNT INC.” kompaniyasining Gumi shahrida joylashgan zavodida bo‘ldilar. U yerda kombinat mutaxassislari va mazkur kompaniya vakillari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Muzokaralar natijasida “NKMK” AJ negizida mis folgasini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Mis folgasi bugungi kunda juda talab yuqori bo‘lgan mahsulot hisoblanadi. Bu mahsulot elektronika, avtomobilsozlik, stanoksozlik, asbobsozlik kabi sohalarda keng qo‘llaniladi. Bu esa o‘z navbatida jahon bozoriga yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
Kombinat mutaxassislari Janubiy Koreyaning mashinasozlik va stanoksozlik sohasidagi tajribasi bilan tanishish uchun “KOMA TECH”, “SMART MACHINE Tool”, “HANKOOK Machine Tools” kompaniyalarining Kimxe shahrida joylashgan zavodlarida ham bo‘ldilar. Tashrif davomida mazkur kompaniyalar uchun kerakli detal va ehtiyot qismlarni “NKMK” AJ Navoiy mashinasozlik zavodida ishlab chiqarish hamda yuqori texnologiyalarga asoslangan stanoklar ishlab chiqarishni kombinatda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik memorandumlari imzolandi. Bu esa o‘z navbatida mamlakatimizda yangi avlod stanoklarini ishlab chiqarishga imkoniyat yaratadi.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati va Janubiy Koreyaning yetakchi sanoat kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar yaqin kelajakda Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib, xomashyoni qazib olishdan to yuqori qo‘shilgan qiymatli tovarlarni ishlab chiqarishgacha bo‘lgan zanjirni tashkil etish, mamlakatimiz yirik sanoat korxonalari va tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
“NKMK” AJ matbuot xizmati
Reklama
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 5 oyga yopiladi
O‘zbekiston | 17:14
-
1 apreldan Rossiyadagi migrantlarga bir qator cheklovlar kuchga kirdi
Jahon | 17:12
-
Prezident Xitoy Kommunistik partiyasi vakillari bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 17:06
-
O‘zbekistonga «Leapmotor» brendidagi avtomobillar importi cheklandi
O‘zbekiston | 16:54
Mavzuga oid

17:00 / 01.09.2024
Mustaqillik bayrami Navoiy kon-metallurgiya kombinatida keng nishonlandi

17:00 / 06.07.2024
Navoiy kon-metallurgiya kombinati “Barqaror” prognozi bilan “BB-” darajasidagi xalqaro kredit reytingini oldi

10:42 / 02.06.2024
Xotin-qizlarni eng ko‘p ishga olgan 10 ta korxona ma’lum qilindi

16:01 / 27.04.2024