Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Pokiston transafg‘on temiryo‘li qurilishini tezlashtirishga kelishib oldi
Pokiston delegatsiyasining tashrifi davomida Toshkent shahrida O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovning Pokiston moliya vaziri Ishoq Dor bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Foto: Dunyo
Muloqot chog‘ida transport va logistika, o‘zaro tovar aylanmasi, sarmoyaviy va sanoat kooperatsiyasi, bank ishi kabi ustuvor yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
2022 yilda 240 million dollarga yetgan O‘zbekiston-Pokiston o‘zaro savdo hajmini yanada oshirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi. Tomonlar o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini ko‘paytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimni amalda joriy etish va transport yo‘laklarini diversifikatsiya qilishni jadallashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar qabul qilinishini qo‘llab-quvvatladilar.
Uchrashuvda transafg‘on temiryo‘lini qurish loyihasining hayotga tatbiq etilishini tezlashtirish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi. Bundan tashqari, kelishilgan chora-tadbirlar qatorida multimodal yuk tashish hajmini oshirish, mahsulotlarni uchinchi davlatlar bozorlariga birgalikda eksport qilish maqsadida har ikki davlat hududlarida terminallar yaratish masalalari ham o‘rin oldi.
Shuningdek, banklararo aloqalarni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Markaziy banklar o‘rtasida SWAP operatsiyalari mexanizmini joriy etish, ikki mamlakat moliya institutlari o‘rtasida vakillik bank munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishga kelishildi.
Mavzuga oid
23:39 / 27.04.2026
Pokiston afg‘on universitetini o‘qqa tutdi: 7 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi
23:37 / 20.04.2026
«Forscha shaxmat Trampga og‘irlik qilyapti» – muzokaralarda mujmallik hukmron
14:24 / 08.04.2026
O‘zbekiston AQSh va Eron o‘rtasida tuzilgan sulhni olqishladi
06:22 / 08.04.2026