Lukashenko Xitoyga tashrif buyurdi
Belarus rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u o‘zining «eski do‘sti», Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si bilan uchrashishni intiqlik bilan kutmoqda.

Foto: Getty Images
Belarus rahbari Xitoyga davlat tashrifi bilan keldi. Aleksandr Lukashenkoning samolyoti 28 fevral, seshanba kuni Pekin aeroportiga qo‘ndi.
Belarus rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u o‘zining «eski do‘sti», XXR raisi Si Jinping bilan uchrashishni intiqlik bilan kutmoqda, deb xabar berdi «Sinxua» axborot agentligi.
Tashrif oldidan agentlik bilan suhbatda Lukashenko Pekinning Ukraina bo‘yicha pozitsiyasini «uning tinchliksevar tashqi siyosatining dalili, shuningdek, butun dunyo uchun keng ko‘lamli oqibatlarga olib keladigan yangi va mustaqil qadami» sifatida yuqori baholadi. «Bugungi kunda dunyoda birorta muammoni Xitoysiz hal qilib bo‘lmaydi», deb qo‘shimcha qildi Aleksandr Lukashenko.
Belarus rahbarini aeroportda tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ma Chjaosyuy va Xitoyning Belarusdagi elchisi Se Syaoyun kutib oldi. Uchrashuvda Belarus bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Nikolay Snopkov, tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik, Belarusning Xitoydagi elchisi Yuriy Senko ham ishtirok etdi.
Asosiy e’tibor savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va humanitar hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, siyosiy sohada o‘zaro hamkorlik, xalqaro maydondagi eng keskin chaqiriqlarga javob berishga qaratiladi, deb xabar qildi BelTa.
Pekinda Lukashenko XXR yuqori mansabdor shaxslari, yetakchi Xitoy korporatsiyalari rahbariyati bilan ham bir qator uchrashuvlar o‘tkazadi. Muzokaralar yakuniga ko‘ra, yirik hujjatlar to‘plami imzolanishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina dronlari Rossiyaning Lipetsk viloyatiga hujum qildi
Jahon | 12:38
-
Hibsdagi sakkiz kishi: Rossiyada yana bir ozarboyjonlik qamoqqa olindi
Jamiyat | 12:33
-
Jitomir yaqinidagi portlashlar: ikki korxona yakson etilgan
Jahon | 12:20
-
Zangiotada sifatsiz dori vositalari va buyumlari savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 12:13
Mavzuga oid

11:49
Kallas Xitoy kompaniyalarini urushda Rossiyaga yordam berishni to‘xtatishga chaqirdi

08:03
Xitoy YeIni «global barqarorlik» uchun o‘zaro hamkorlikka chaqirdi

07:37
Lukashenko yil oxirigacha «Oreshnik» Belarusda joylashtirilishini ma’lum qildi

21:12 / 02.07.2025