Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina: UQK besh yo‘nalishda 60 dan ortiq hujumlarni qaytardi
Ukraina mudofaa kuchlari o‘tgan kun davomida besh yo‘nalishda – Kupyansk, Liman, Baxmut, Avdeyevka va Shaxtyor bo‘yicha dushmanning 60 dan ortiq hujumini qaytardi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabining ertalabki tezkor hisobotida aytilgan.
Foto: AA
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyaliklar sakkizta raketa va 32 ta aviatsiya hujumi, shuningdek, yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlaridan 85 ta hujum uyushtirgan.
O‘z navbatida, Ukraina Qurolli kuchlari o‘tgan sutka davomida 12 ta zarba beruvchi uchuvchisiz uchoqni, shu jumladan, 11 ta «Shahed-136» rusumli dronlarni yo‘q qildi.
Ukraina aviatsiyasi okkupantlar to‘plangan hududlarga 4 ta zarba berdi, raketa kuchlari va artilleriya bo‘linmalari bitta qo‘mondonlik punktiga, ikkita raqib kuchlari to‘plangan hududiga va ikkita havo hujumiga qarshi mudofaa pozitsiyalariga zarba berdi.
Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy videomurojaatida Baxmut hududidagi harbiy vaziyat haqida gapirgandi.
«Men qo‘mondonlarimiz bilan doimiy aloqadaman. Ayniqsa, sharqdagi vaziyat, albatta, Donetsk viloyatidagi vaziyat e’tiborga molik. Baxmut yo‘nalishida vaziyat tobora murakkablashib bormoqda. Dushman o‘z pozitsiyalarimizni himoya qilish, mustahkamlash uchun doimo foydalanish mumkin bo‘lgan hamma narsani yo‘q qilmoqda», — dedi Zelenskiy.
Mavzuga oid
20:26 / 27.05.2026
Zelenskiy Trampga xat yozib, Ukrainani Rossiya raketalaridan himoya qilishni so‘radi
22:22 / 26.05.2026
Kiyevga «Oreshnik» bilan hujum: navbat Zelenskiy ofisigami?
22:01 / 26.05.2026
Ukrainaga yordam beruvchi davlatlar koalitsiyasi ikki barobar qisqargani ma’lum bo‘ldi
20:32 / 25.05.2026